Iyun oyida Dinamoni qanday o'yinlar kutmoqda?
08 iyu 2017 11:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/258394_original.jpg)
![](/upload/storage/258394_220.jpg)
Iyun oyida Dinamoni qanday o'yinlar kutmoqda?
Jumladan, milliy terma jamoamizning Erondagi o'yinidan ikki kun o'tib, 14
iyun kuni Samarqand jamoasi 13-tur doirasida Farg'onada Neftchi klubi
mehmoni bo'ladi. Yangi murabbiy Vadim Abramov qo'l ostida jiddiy
tayyorgarlik ko'rayotgan Neftchi jamoasiga qarshi bahs har ikki tomon uchun
ham ancha qiyin o'tishi hozirdan malum.
Oradan 6 kun o'tib, Dinamo ketma-ket ikkinchi safar uchrashuvini Toshkentda amaldagi chempion Lokomotivga qarshi o'tkazadi.
25 iyun kuni esa birinchi davraning so'nggi tur o'yinida Muborakning Mashal jamoasi Samarqandda mehmon bo'ladi.
Etiborlisi,
kubok bahsi bilan hisoblaganda Dinamo Mashalga qarshi 10 kun ichida 3
ta uchrashuv o'tkazishiga to'g'ri keladi. CHunki, jamoa chorak final doirasida
ham 30 iyun va 4 iyul kunlari Mashalga qarshi saf tortadi.
Dinamoning iyun oyidagi o'yinlari:
Oliy Liga. 13-tur.
14 iyun (chorshanba)
NEFTCHI - DINAMO
Farg'ona. Istiqlol stadioni.
Oliy Liga. 14-tur.
20 iyun (seshanba)
LOKOMOTIV - DINAMO
Toshkent. Lokomotiv stadioni.
Oliy Liga. 15-tur.
25 iyun (yakshanba)
DINAMO - MASH'AL
Samarqand. Dinamo stadioni.
O'zbekiston Kubogi. 1/4 final.
Dastlabki o'yin. 30 iyun (juma)
DINAMO - MASH'AL
Javob uchrashuvi: 4 iyul (seshanba)
Dinamo matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar