So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Ixtiyor Toshpo'latov: "So'g'diyona”da har bir o'yinda gol urishni maqsad qilib tushdim" Yangiliklar

Ixtiyor Toshpo'latov: "So'g'diyona”da har bir o'yinda gol urishni maqsad qilib tushdim"

"Mashal" klubi hujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov ikkinchi davrani Jizzaxning "So'g'diyona" klubida o'tkazdi.

Aytish mumkinki, hujumchi ikkinchi davrada o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishga erishdi. Toshpo'latov jizzaxliklar asosiy hujumchisi sifatida 5ta gol urib jamoa to'purariga aylandi. Biz mavsum tugagach Ixtiyor bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Ananaviy savolimiz, qaerda tug'ilgansiz va futbolga qanday kirib kelgansiz?
- 1993 yilda Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shahrida tug'ilganman. Yoshligimda dastlab taekvondoga borardim. Keyinchalik futbolga bo'lgan muhabbatim ortib Yangier futbol internatiga borishga qaror qilganman. U erda birinchi murabbiylarim Ergash aka va Bekzod aka bo'lishgan. Ular menga dastlabki saboqlarni berishgan. Futbol internatida 2008 yil oxiriga qadar tahsil olganman.

- Internatda kimlar bilan birga o'qigansiz?
- Birga o'qiganlar orasida Abbosbek Maxstaliev, Sardor Rahmonov kabi futbolchilar bor edi. Yana ko'plab o'yinchilar hozirda birinchi ligada o'ynashmoqda.


- Keyin "Mashal" akademiyasiga o'tgansiz to'g'rimi?
- To'g'ri. Yangier futbol internati rahbari Omon aka menga Muborakka "Mashal" akademiyasiga borishimni aytdilar. Menimcha "Mashal" vakillari rahbariyaga murojaat qilishgan. SHunday qilib akademiyaga bordim va Boris Stepanovich qo'l ostida tahsil olganman.

- Akademiyada qaysi futbolchilar bilan o'qigansiz?
- Ular orasida eng mashhuri hozir "Metallurg"da o'ynayotgan Jahongir Abdumo'minov hisoblanadi.  

- Keyin yoshlar terma jamoasi bilan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashgansiz...
- Ahmadjon Musaev boshchiligidagi jamoada Osiyo chempionatida ishtirok etgandim. Jahon chempionatiga yo'llanma olgandik. Biroq murabbiylar meni Jahon chempionatiga olib ketishmagandi. Albatta, bundan xafa bo'lgandim. Biroq jamoadoshlarimga mundialda faqat omad tilagandim.

- 2011 yildan buyon "Mashal"da oliy ligada o'ynadingiz.
- Bu jamoadagi faoliyatimdan nolimayman. Murabbiylar meni hujumchi va yarim himoyachi sifatida o'ynatishardi. Ko'plab o'yinlarda maydonga tushganman. Lekin tan olaman ko'p gol ura olmaganman.

- Yozda "So'g'diyona"ga o'tdingiz. Kimdan taklif bo'ldi?
- Davron Fayzievning o'zi menga taklif bilan chiqdi. Aslida birinchi davrada kamroq maydonga tushganim uchun "Mashal" rahbariyatidan meni boshqa klubga ijaraga berishlarini so'ragandim. Rahbariyat meni tushundi va qo'yib yubordi.

- Davron Fayziev sizga asosiy tarkibdan joy kafolatlanganini aytganmidi?
- Yo'q. Menimcha hech bir futbolchiga asosiy tarkibda doim o'ynaysan deb aytilmasa kerak. Yozda yig'inga borganimda ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. O'zimni ko'rstaganim uchun bo'lsa kerak asosiy hujumchi sifatida o'ynashda davom etdim.


- "Mashal"da 5 yil davomida 2ta gol urgan ekansiz. "So'g'diyona"da yarim davrada 5ta gol urib klub to'purari bo'ldingiz. Bu yilgi sermahsullik nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?
- O'zimga ishonganim bilan bog'liq bo'lsa kerak. Jizzaxga kelganimda har bir o'yinda gol urishni maqsad qilib tushdim. Bekorga meni maydonga tushirishmaganini isbotlashga urindim. SHukur beshta gol urdim. Ammo bu u qadar maqtanarli natija emas deb o'ylayman, bundan ham ko'proq gol ursam bo'lardi.

- Demak "Mashal" sizni "So'g'diyona"ga ijaraga bergan?
- Ha, huquqiy jihatdan "Mashal"ga tegishliman. Muborak klubi bilan yana bir yillik shartomam bor. Yangi mavsumni qaysi klubda boshlashim malum emas. Mavsum endi tugadi va biroz xordiq chiqarib olishimiz kerak. Barchasi dekabr oyi o'rtalaridan keyin malum bo'ladi.

- "So'g'diyona"dan qanday taassurotlar qoldi?
- Ajoyib taassurotlar oldim. Jamoada birdamlik juda yuqori ekan. Hech bir futbolchi chetda qolib ketmaydi, barcha birga va ahil ekan.

- Qaysi o'yinchilar bilan yaxshi chiqishib ketdingiz?
- O'tgan yil ham bu erda o'ynagandim. Deyarli barcha futbolchilar tanish. SHu bois barcha bilan yaxshi munosabatdaman. Safarlarga borganda bir safar Jahongir Jiyamurodov, bir safar Izzat Abdullaev bilan bir xonada turdik.

- "So'g'diyona" uchun mavsum qanday o'tdi deb ayta olasiz?
- Menimcha mavsum klub uchun yaxshi o'tdi. Sababi yil boshida "So'g'diyona" oldiga 10-o'rin vazifasi qo'yilgan ekan. Mavsumni aynan shu o'rinda yakunladik va rahbariyat bundan qoniqdi deb o'ylayman.


- "So'g'diyona" muxlislari haqida nima deya olasiz?
- Jizzaxda futbolga qiziqish kuchli. Stadionga doim minglab muxlislar kelib jamoani qo'llab turishdi. Issiqmi yoki sovuqmi farqi yo'q, doim kelib "So'g'diyona"ni qo'llab-quvvatlashdi.

- Mavsumning eng yaxshi futbolchilari deb kimlarni ayta olasiz?
- O'zim hujumchi bo'lganim uchun Temurxo'ja Abduxoliqov mavsumning eng yaxshi futbolchi bo'ldi deb o'ylayman. U bejizga to'purar bo'lmadi. Yil kashfiyoti sifatida "Obod" hujumchisi SHohruz Norxonovni aytgan bo'lardim. Bu futbolchi ilk bor oliy ligada o'ynab 10dan ortiq gol urishga muvaffaq bo'ldi.

- Bu yil qaysi darvozabonlarga gol urishda ko'proq qiynaldingiz?
- "Nasaf" bilan o'yinda Sanjar Quvvatov meni ancha qiynadi. U bilan birga "Mashal"da o'ynaganmiz. Bundan tashqari "Bunyodkor" bilan bahsda Murodjon Zuhurov ham o'z darvozasini yaxshi qo'riqlagandi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика