So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Ixtiyor Ropiev: "Qozog'iston bilan ikkinchi o'yinda haqiqiy iroda ko'rsatdik" Yangiliklar

Ixtiyor Ropiev: "Qozog'iston bilan ikkinchi o'yinda haqiqiy iroda ko'rsatdik"

Teglar :  Ixtiyor Ropiev
Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha mehmonda Qozog'istonga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Dastlab hisobda 0:3 hisobida ortda borayotgan vakillarimiz, bahs yakunida 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Terma jamoamizning gollaridan biriga Ixtiyor Ropiev mualliflik qildi. Biz esa mazkur bellashuvdan so'ng uning fikrlari va taassurotlari bilan qiziqdik. 

"Bu jahon chempionatidan keyingi ilk yig'inimiz hisoblanardi. Umumiy taassurotlar yaxshi. Ilk o'yinda omadimiz kelmadi. Vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q. Navbatdagi bahsda esa xarakter ko'rsata oldik. Raqibimiz jiddiy jamoa. Ular Jahon chempionatida kuchli to'rtlikdan o'rin olishdi. Bunday o'yinlar doim foydali bo'ladi. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytib qolaman", - deydi Ixtiyor Ropiev. 

- Uchrashuvga mezbonlik qilgan "Jaksilik Ushkempirov" arenasi haqida nima deya olasiz? Parket sifati terma jamoamiz o'z o'yinini ko'rsatishiga qanchalik tasir qildi?

- Nur-Sultondagi arenadagi birinchi bellashuvda o'z o'yinimizni topa olganimiz yo'q. Parket biroz sirpanchiq. SHuning hisobiga ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi o'yinga esa o'zimizni bunga tayyorladik. Ko'rganingizdek o'yin boshqacha kechdi. 

- Raqib tomonga pressing qo'llashda biroz sekinroq harakat qilindi. Bu borada murabbiylar shtabi qanday ko'rsatmalarni berishdi?

- Hisob tenglashguncha pressing tashkil qildik. Murabbiylar tanaffusda shoshmaslikni, pressingni to'g'ri uyushtirishimizni aytishdi. Amalda bu g'alabamizni taminladi. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика