Ixtiyor Ropiev: "Maqsadimiz yo'lida istalgan raqib bilan o'ynashga tayyormiz"
27 sen 2022 21:15
Yangiliklar
Ixtiyor Ropiev: "Maqsadimiz yo'lida istalgan raqib bilan o'ynashga tayyormiz"
Guruh bosqichining dastlabki turida Turkmanistonga qarshi to'p tepgan vakillarimiz yirik 8:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz azosi Ixtiyor Ropievning fikrlari bilan qiziqdik.
"Har qanday musobaqada birinchi o'yin doim qiyin o'tadi. Yaxshi tayyorlangan edik. Natija ham shunga mos bo'ldi. Navbatdagi bahsga bugundanoq tayyorgarlikni boshlaymiz. Turkmanistonga kelsak, ular Toshkentda bizga qarshi munosib qarshilik tug'dira olishgandi. Biz qiynalgandik. Bugun rasmiy o'yinda g'alaba qozondik. Maqsadimiz yo'lida istalgan raqibga qarshi o'ynashga tayyormiz. Muxlislardan bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolaman.
Bahrayn haqida hech qanday malumotga ega emasman. Nasib qilsa, bu terma jamoaga qarshi bor imkoniyatimizni ishga solamiz",- deydi Ropiev.
Fikrlar