So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Ixtiyor Karimov: “SHo'rtan”da ichki muhit ajoyib" Yangiliklar

Ixtiyor Karimov: “SHo'rtan”da ichki muhit ajoyib"

Milliy chempionatimizning ikkinchi davra bahslariga keng qamrovda tayyorgarlik ko'rgan g'uzorliklar uchrashuvlarni ko'tarinki ruhda o'tkazishmoqda.

Bundan “oq bo'rilar” ishqibozlari ham jonlanib qolishdi. SHundan “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda stadionga muxlislar tashrifi ko'paydi.

Bu o'yinda “Qaldirg'och”larga ham ochko juda zarur edi. Lekin buning uchun “SHo'rtan”ni taslim etishlari talab etilardi. Biroq o'z maydonlarida har qanday raqibni qiyin ahvolga solib qo'yadigan g'uzorliklarga “Bunyodkor” etarlicha tashvish tug'dira oldi. Umuman olganda, o'yin ikki jamoa uchun ham oson kechgani yo'q.  Jamoalar jangavor durangga rozi bo'lishdi. Uchrashuv yakunidan keyin “SHurtan” jamoasi boshlig'i Ixtiyor Karimov bilan qisqacha suhbat qurdik.

– “SHo'rtan”da ichki muhit qanday?


– Ko'rib turganingizdek, ajoyib, ko'z tegmasin, futbolchilar bir oiladek, inoq.

– Ikkinchi davrada golkiper Temur Jo'raev jamoani nega tark etdi?


– Jo'raevning sog'lig'i yuzasidan muammosi bor edi va oilaviy sharoitlari inobatga olinib, o'zaro kelishilgan holda o'zaro tuzilgan shartnomani bekor qildik.

– Qarshilik hujumchi Botir Qodirqulov jarohatdan butunlay forig' bo'ldimi?

– Botirning  oyog'ida jiddiy jarohati bor edi, afsuski  birinchi qilingan jarrohlik amaliyoti samarali chiqmadi yaqinda yana Qarshida qayta jarrohlik stoliga yotqizildi.

– Jamol Otaqulov yana “SHo'rtan”ga qaytdimi?

– Birinchi davra yakunlangandan so'ng Otaqulovni ijaraga qo'ygandik , boshqa klublardan taklif bo'lmaganligi uchun, ikkinchi davradan yana klub ixtiyoriga qaytdi. Rahbariyat futbolchiga imkoniyat eshigini ochib berdi, ayni paytda Otaqulov davolanishda. O'ylaymanki iqtidorli himoyachi asosiy tarkibda o'ynab, oldingi barqaror o'yinlarini namoyish etadi.

Faxriddin CHORIEV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика