So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Ixtiyor Karimov: “Obod” autsayder emas" Yangiliklar

Ixtiyor Karimov: “Obod” autsayder emas"

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov "Obod"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi:
“Poytaxt jamoasini deyarli tashkil topgan vaqtidan buyon bilamiz va kuzatib kelamiz, desam mubolag'a bo'lmaydi. 2014 yilgi mavsumda esa ushbu raqib bilan birinchi liga bahslarida bir-birimizga qarshi o'ynaganmiz.

“Obod” jamoasi o'z tarkibiga o'shanda ham, hozir ham g'ayratli va shijoatli yigitlarni jamlagan edi. Qisqa vaqt ichida birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat futbolining yuqori elitasiga yo'l olgan jamoa Oliy liga o'yinlarda ham yomon ishtirok etmayapti. Muxlisu mutaxassislarda ham ijobiy taassurotlar o'yg'otmoqda. Garchi, ayni paytda turnir jadvalida so'nggi pog'onadan joy egallab turgan bo'lsa-da, men navbatdagi raqibimizni autsayderlar qatoriga qo'shmagan bo'lardim. Va shundan kelib chiqqan holda, boshqa jamoalar qatorida “Obod”ga ham hurmatimizni saqlab qolamiz.  

“SHo'rtan” haqida gapiradigan bo'lsam, yigitlarimizning kayfiyati yaxshi. Ayniqsa, keyingi turlardagi mazmunli o'yinlarimiz va muhim g'alabalarimiz futbolchilarimiz kuchiga kuch qo'shmoqda va o'z imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlab bormoqda. Bu holat esa bugungi uchrashuv oldidan shogirdlarim ruhiyatiga ijobiy tasir ko'rsatishi shubhasiz. Toshkentdan muhim ochkolar bilan qaytish niyatidamiz, - deydi Ixtiyor Karimov.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика