So’nggi yangiliklar

08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  1 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  2 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  11 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  95 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  8 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0

Ixtiyor Karimov: "Lokomotiv" kuchli bo'lmaganida oliy ligada emas quyiroq ligada o'ynardi Yangiliklar

Ixtiyor Karimov: "Lokomotiv" kuchli bo'lmaganida oliy ligada emas quyiroq ligada o'ynardi

Bugun G'uzorda milliy chempionatimizning 6-tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlardan biri, "SHo'rtan" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Mezbonlar uchun oson bo'lmaydigan ushbu uchrashuv oldidan, yaqin kunlarda jamoamizning vaqtincha bosh murabbiyi sifatida tayinlangan, "SHo'rtan"ning fidoiy murabbiylaridan biri - Ixtiyor Tog'aevichning turnir jadvalining etakchisi bilan kechadigan baxs to'g'risidagi fikrlari bilan qiziqdik.

-  Oliy liganing har bir jamoasi o'z hurmatiga ega, kuchli jamoa deb hisoblayman. Agar ular kuchli bo'lmaganda oliy ligada emas, balki quyiroq ligada kuch sinashardi. Aynan bugungi raqibimiz haqida to'xtaladigan bo'lsam, hozirgi kunda"Lokomotiv" jamoasi nafaqat milliy balki Osiyo chempionlar ligasida ham etakchilik qilmoqda. Raqibizning yaqin orada o'tkazgan o'yinlarini kuzatib, tahlil qilib chiqdik. "Lokomotiv"  tarkibining har bir chizig'ida o'z ijrochilari bor. SHu sababli, o'yin juda qiyin bo'ladi bo'ladi deb o'ylayman. Ammo, raqibimiz bir necha kun oldin OCHLda mehmonda o'ynaganini va safarda  anchagina kuch yo'qotgani aniq. Ushbu imkoniyatdan foydalanib hamda xato va kamchiliklarimiz ustida ishlab, har bir sodir etiladigan qulay vaziyatlardan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Bir so'z bilan shuni aytmoqchimanki, biz futbolchilarimizga ishonamiz, - deydi Ixtiyor Karimov.

"SHo'rtan" PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика