Ixtiyor Karimov: "Alibek Turobovning o'yinidan mamnun bo'ldim"
03 noy 2016 21:39
Yangiliklar
Ixtiyor Karimov: "Alibek Turobovning o'yinidan mamnun bo'ldim"
"SHo'rtan" bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugun biz nomdor jamoaga qarshi maydonga tushdik. Kamida durang uchun Toshkentga kelgandik. Ammo uchrashuv biz uchun omdasiz boshlandi. Men darvozabon va Igor Taranning jarohat olganini nazarda tutyapman. O'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Taranning ikkinchi taymda yo'qligi jamoamiz o'yiniga o'z tasirini o'tkazdi. Eldor Tojiboev asosiy darvozabonimiz sanaladi. SHu bois kiperimizning jarohati futbolchilarga ruhan tasir qildi. Ammo Alibek Turobovning o'yinidan mamnun bo'ldim.
Fikrlar