So’nggi yangiliklar

23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  2 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  15 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  0 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  7 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  1 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  4 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  1 20:24Қизларга футзал керак  11 19:45Симеоне "Реал"га қарши баҳс олдидан: "Ҳакам ҳақида ўйлаётганим йўқ"  12 19:24"Ал Насср" - "Ал Фейҳа". Криштиану Роналду ва Отабек Шукуров асосий таркибда  6 18:52Эрон. Чемпонлик учун курашётган Ўткир Юсупов ва "Фулад" ютқазиб қўйди  0 18:34Хитойдаги Осиё Кубогида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам иштирок этади  0 18:18Назорат учрашуви. "Динамо" - "Арал" 1:1  1 18:00"Интер Майами" янги мавсум учун барча абонементларини сотиб бўлди  2

Ivan Yovanovich: "2016 yilning 4 may kuni "Al Nasr" uchun juda muhim sana bo'ldi" Yangiliklar

Ivan Yovanovich: "2016 yilning 4 may kuni "Al Nasr" uchun juda muhim sana bo'ldi"

"Lokomotiv" va "Al Nasr" o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ivan Yovanovich ishtirok etdi.

"2016 yilning 4 may kuni "Al Nasr" uchun juda muhim sana bo'ldi. Biz o'z tariximizda birinchi marotaba CHempionlar ligasining nimchorak finaliga chiqdik. Bo'lib o'tgan 6 o'yin shuni ko'rsatdiki, jamoamiz keyingi bosqichga munosib ravishda chiqdi. Bugun to'pga egalik qilishni yoqtiradigan jamoa bilan o'ynadik. Raqibga bo'sh zona bermadik va ularning qarshi hujumini ham oldini oldik. Uchrashuvdan oldin ikkala jamoada ham bosim bor edi. CHunki bu klublar keyingi bosqichga chiqishni juda istayotgandi. Futbolchilarimni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Jamoamiz Osiyoning eng yaxshi 16 klubidan biriga aylanganidan xursandman. "Lokomotiv"ga keyingi bosqichda omad tilayman.

To'pga egalik qilishga usta jamoaga qarshilar ko'plab hujum tashkil qilish qiyin. SHu sababli bugun golli imkoniyatlar yaratishda qiynaldik.

Guruhimizda juda kuchli jamoalar yig'ilgandi. Bu jamoalarga qarshi hech qaysi bahsda etakchi emasdik, ammo keyingi bosqichga yo'l oldik. Keyingi uchrashuvlarda ham favorit bo'lmasakda g'alabaga umid qilamiz. Keyingi bosqichda autsayder sifatida qarashsa ham biz zafar qozonishga intilamiz" - deydi murabbiy.


Nilmar: "Men uchun va jamoa Osiyo CHempionlar ligasining keyingi bosiqichiga chiqish juda muhim. SHu sababli bu muvaffaqiyatdan xursandman.

"Lokomotiv" safida alohida bir futbolchini ajratib ko'rsata olmayman. Himoya bir butun bo'lib o'ynadi. SHu sababli raqib jamoaning har bir o'yinchisini kuchli deyish mumkin".



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика