So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Ivan Yosovich: “Qo'qon-1912” bilan yuqori natijalarga erishishimga ishonaman” Yangiliklar

Ivan Yosovich: “Qo'qon-1912” bilan yuqori natijalarga erishishimga ishonaman”

Bundan oldingi yillarda “Qo'qon-1912” jamoasida ko'plab xorijlik futbolchilar to'p tepganidan xabaringiz bor. Darko Gojkovich, Marko Milich, Igor Golban...

Ushbu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Bu futbolchilarning ayrimlari ajoyib o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan bo'lsalar, bazilari klubda uzoq qolishmadi. Yangi mavsumga taraddud jarayonida klub serbiyalik Ivan Yosovich bilan shartnoma imzoladi. Boshlanajak Superliga bahslari oldidan futbolchining fikrlariga quloq tutdik.

- Ivan, malumotlarga qaraganda “Yavor”da o'zbekistonlik Husniddin G'ofurov bilan birga to'p tepgan ekansiz. Demak, qaysidir manoda yurtimizga kelishingizdan oldin ular bilan suhbatlashgansiz. Umuman olganda “Qo'qon-1912” sizni nimas bilan o'ziga jalb qildi?

- Menga taklif bilan chiqishganida ortiqcha o'ylashga shubham yo'q edi. O'zbekistonda ko'plab serbiyalik do'stlarim bor. Yovan Jokich, Dragan CHeran, Vladimir Bubanya va boshqalar. Husniddin mening do'stim. U bilan uch yil birga o'ynaganman. Ular menga ushbu jamoa haqida ko'plab yoqimli so'zlarni aytishdi. SHu bois o'ylamasdan bu erga kelishga qaror qildim. Yana bir do'stim Filip Raevac 3 yil oldin Qo'qonda to'p tepganidan xabardorman.

- Yangi sharoit va boshqacha iqlimga, mahalliy taomlarga, shuningdek jamoaga moslashib oldingizmi?

- O'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Meni yaxshi kutib olishdi. Jamoamga yuqori natijalarga erishishda yordam bermoqchiman. CHempionat boshlanishini hammamiz kutmoqdamiz.



- Sizdan oldin jamoada to'p tepgan xorijlik futbolchilar o'zlaridan ijobiy taasurot qoldira olishgan. Sizdan ham mahalliy ishqibozlar ulardan kam bo'lmagan o'yin va natijani kutishlari aniq...

- Ularni xursand qilish uchun bor kuchimni ishga solaman. Jamoamiz bilan yaxshi natijalar ko'rsata olishimizga ishonaman.

- Aynan qaysi o'rinlar uchun kurashmoqchisizlar?

- Men bir oydan beri jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashmoqdaman. O'yindan, o'yinga g'alabaga bo'lgan ishtiyoq oshib bormoqda. Umid qilamanki, mavsum yakunida biz yuqori o'rinlardan birini egallaymiz. CHunki, muxlislar bunga haqlidirlar.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика