So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  18 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Ivan Yosovich: “Mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashimizga ishonaman. Muxlislarsiz qaerda o'ynashimizni farqi yo'q” Yangiliklar

Ivan Yosovich: “Mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashimizga ishonaman. Muxlislarsiz qaerda o'ynashimizni farqi yo'q”

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi ikkinchi davrani bir qator ochkolarni yo'qotish bilan boshladi.

Biz bu borada va bo'lajak o'yinlar haqida jamoaning serbiyalik futbolchi Ivan Yosovichning fikrlari bilan qiziqdik.

“Birinchi davrani juda yaxshi o'tkazdik. Natija ham yomon bo'lmadi. Ikkinchi davrani esa aksincha yomon boshladik, o'yin jihatdan mag'lub bo'lmagan bo'lishimiz mumkin. Lekin, futbolda natija muhim ahamiyat kasb etadi. “Buxoro” bilan o'yinda ohirgi daqiqalarda gol o'tkazib alamli durang qayd etdik. Bu futboldan bo'lib turadigan holat hisoblanadi. Jamoamizda ajoyib va o'z ishining ustalari faoliyat yuritadi. Biz bu holatdan chiqib ketishimizga ishonaman. Oldinda o'yinlar ko'p, kerakli ochkolarni yig'a olamiz. Jamoamiz ahil va inoq, keyingi o'yinlarda ijobiy natija qayd etish uchun harakat qilamiz. Bo'lajak raqibimiz “Bunyodkor” yomon jamoa emas, o'ziga yarasha kuchli tomonlari bor.

“Sug'diyona” bilan o'yinda tezkor gol o'tkazib yubordik. SHundan so'ng o'yin nazoratini qo'lga oldik, to'pni nazorat qildik. Raqib birinchi bo'limda ikkita vaziyat yaratdi va shuncha gol urdi. Bu esa ularga ruhiy tomondan ustunlik berishi tayin edi. Ikkinchi bo'limda “Sug'diyona” jamoasi qanday shedevr gol urganini ko'rdingiz. Qizil kartochka ham zararimizga ishladi.

Ishonamanki, navbatdagi uchrashuvlarda hammasi yaxshi bo'ladi. Omad ham bizga kulib boqishiga umid qilib qolaman. Jamoadagi futbolchilarning ruhiy holati yaxshi, kayfiyat alo darajada. Biz oldindagi o'yinlarda o'z darajamizni ko'rsatishimiz kerak.

O'zbekistondagi debyut mavsumim haqida, har bir o'yinda murosasiz kurash kechmoqda, ochko uchun har bir jamoa harakat qilmoqda. Men va jamoam uchun ham mavsum yaxshi o'tyapti. Yo'qotilgan ochkolarni hisobga olmasa albatta. Qo'qon jamoasini yuqori o'rinlarga ko'tarilishi uchun yoram berish bosh maqsadim hisoblanadi. O'zimning yaxshi o'yinlarim bilan barchada ijobiy taassurot qoldirmoqchiman.

Karantin tufayli hali O'zbekiston bilan to'liq tanishib chiqmadim. Faqat jamoamiz bilan o'yinlarga borganda biroz shaharni tomosha qildim. Toshkent ajoyib va chiroyli shahar ekan. Samarqand va Buxoro haqida hakm xuddi shunday fikrdaman.

“Qo'qon-1912” 2-6 o'rinlar uchun kurash olib boradi. Agarda shu o'rinlardan birini egallasak mavsumni yuqori notada o'tkazgan bo'lamiz.

Muxlislarsiz o'ynayotganimiz achinarli albatta. Ammo, vaziyat shunaqa. Ular bizning 12-o'yinchimiz hisoblanadi. Pandemiya sharoitida o'ynashga hamma ko'nikib bormoqda. Boshqa ilojimiz ham yo'q. Muxlislarsiz qatta o'ynashimizni farqi yo'q. SHaxsan o'zimga Toshkentda o'ynash yoqdi. Neytral maydonda ikki jamoada ham imkoniyat bir xil bo'ladi”,- deydi Yosovich.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика