So’nggi yangiliklar

02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  0 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  3 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  1 01:11Холанд қайтди  0 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  10 00:01Европа лигаси ярим финалларидан онлайн ҳисоб  30 00:00Конференциялар лигаси ярим финалидан онлайн ҳисоб!  3 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3 23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  1 22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  1 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  4 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  12 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  3 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  6 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  8

Ivan Solovyov: “Tarkib bo'yicha hattoki, “Paxtakor”dan ham kuchlimiz” Yangiliklar

Ivan Solovyov: “Tarkib bo'yicha hattoki, “Paxtakor”dan ham kuchlimiz”

Xabaringiz bor, “Navbahor” tarkibida bir qator xorijlik futbolchilar to'p surishadi. Ulardan biri mahoratli rossiyalik yarim himoyachi, maydondagi faol harakatlari bilan ajralib turuvchi Ivan Solovyov.

"Navbahor" azolari O'zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) tomonidan mashg'ulotlar o'tkazishga ruxsat berilganidan so'ng, yani 30 may kunidan boshlab, Superliga 4-turi doirasidagi safarda Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlikni boshlashdi. “Lochinlar”ning navbatdagi mashg'uloti yakuniga etgach, Ivan Solovyov bilan suhbat uyushtirdik. Quyida uning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

Mashg'ulotlarning boshlanishi, klub qarorgohidagi karantindagi hayot, karantindan keyingi futbol, sensaciya borasida


Xudoga shukr, 30 maydan mashg'ulotlarni ham boshlab oldik. To'g'risi, barchamiz mashg'ulotlarni sog'ingandik.

Ochig'ini aytsam, karantin yangi boshlanganida biroz zerikdim. Biroq keyinchalik klub qarorgohidagi jamoadoshlarim – Igor Golban, Ruslan Bolov, Pavel Golishev va Amirbek Jo'raboev bilan stol tennisi, PlayStation o'ynadik. SHuningdek, har birimiz murabbiylar shtabi belgilab bergan jadval asosida barchamiz o'z xonamizda yakka tartibda shug'ullandik.

Karantindan keyingi futbolda o'zgarishlar bo'lishi yoki yo'qligi borasida to'xtaladigan bo'lsam, barchasi mashg'ulotlar uchun ajratilgan muddat davomida jamoalarning bo'lajak uchrashuvlarga qanday tayyorgarlik ko'rganliklariga bog'liq bo'ladi. Bundan samarali tarzda foydalangan futbolchilar yana avvalgidek o'yin namoyish eta olishadi, boshqalar esa...

Umuman olganda, o'zgarishlar bo'lishi ehtimoli yuqori.

13 iyundan restart oladigan chempionat bahslarida sensaciyalar yuz berishi borasida to'xtaladigan bo'lsam, futbolda bunday holatlar doimo yuz beradi. Masalan, hattoki, jamoa yuqori darajada o'yin namoyish etayotganida ham mag'lubiyatga uchrashi mumkin.

Lekin menimcha, “Paxtakor”ning bitta bahsda engilishi sensaciyaga kirmaydi. Sensaciya sifatida hech kimning xayoliga kelmagan hamda kutilmagan birorta jamoaning chempion bo'lishini kiritish mumkin.


Birinchi davra o'yinlarining muxlislarsiz o'tishi, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi to'g'risida


- Birinchi davra bahslarining tomoshabinlarsiz o'tkazilishi to'g'risida nima deyishim mumkin? Namanganda futbolga qiziqish kuchli va muxlislar jamoamizni har bir o'yinda o'zgacha tarzda qo'llab-quvvatlab turishadi hamda biz - futbolchilar bundan ruhiy va jismoniy kuch-quvvat olamiz.

SHunday bo'lsa-da, yana bir marta takrorlayman, barchasi jamoalarning bo'lajak o'yinlarga qanday tarzda tayyorgarlik ko'rishiga ham bog'liq.

Ayni paytda televizor orqali qaysi chempionat bahslarini namoyish etishsa, o'sha o'yinlarni tomosha qilyapman hamda ulardan shunday xulosaga kelyapmanki, bahslar xuddi jamoalar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishayotgandek tarzda o'tmoqda. Baribir muxlislar bilan o'ynashning gashti o'zgacha.

Jamoamizga 1-davra uchrashuvlarida ishqibozlarning yo'qliklari etishmasligi mumkin. Ammo nailoj, inson sog'ligi barchasidan muhim sanaladi va barchamiz bunga amal qilishimiz shart hamda maydonda muxlislarning g'oyibona quvvatlashlarini his etgan holda, o'ynaymiz.

Jamoamizning oldiga joriy mavsumda OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgani to'g'risida to'g'risida to'xtaladigan bo'lsam, ayni paytda “Navbahor”da tajribali va mahoratli futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi hamda tarkib bo'yicha hattoki, “Paxtakor”dan ham kuchlimiz, desam ham bo'laveradi.

SHunday ekan, joriy mavsumda chempionlik unvoni va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishga qodirmiz, albatta.

Faqat buning uchun nafaqat futbolchilar, balki klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, ishchi-xodimlar, shuningdek, muxlislar, yani barcha bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilishi lozim. “Paxtakor” o'tgan mavsumda aynan shuning evaziga chempion bo'ldi.

Bu yil O'zbekiston kubogining final o'yini Namanganda, biz uchun qadrli maydonda bo'lib o'tishi ham jamoamizga qo'shimcha imkoniyat taqdim etadi. Boisi, namanganlik 15-20 ming nafar muxlisning “Navbahor”ni olqishlab, oldinga undashi har qanday raqib jamoa azolarida bosim paydo qiladi. SHunday ekan, ushbu imkoniyatdan samarali tarzda foydalanishga intilamiz hamda nafaqat sovrindorlar safidan o'rin olgan holda, balki, billur sovrinni ham qo'lga kiritib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz.


Muxlislarga tilaklar


Ishqibozlar birinchi davra o'yinlarini televizor orqali tomosha qilishadi. Ikkinchi davradan boshlab, muxlislar uchrashuvlarni bevosita stadionlarda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi, degan umiddaman.

Asosiysi, ishqibozlar baxtimizga doimo sog'-salomat bo'lishsin va jamoamizni doimo qo'llab-quvvatlab turishaversin.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика