So’nggi yangiliklar

13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  0 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  12 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  10 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  4 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  11 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   2 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  2 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2

Ivan Solovyov: “Legioner mahalliy futbolchidan ustun bo'lishi kerak” Yangiliklar

Ivan Solovyov: “Legioner mahalliy futbolchidan ustun bo'lishi kerak”

Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi o'tgan mavsumdagi tarkib o'zagini saqlab qoldi.

2019 yilgi chempionat bahslarida rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov maydondagi jonkuyarligi va fidoiyligi bilan ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.

“Navbahor” klubi rahbariyati Ivan Solovyovning yangi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qilishni istadi hamda futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

Xabaringiz bor, “lochinlar” ayni paytda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishyapti. “Navbahor”ning Turkiya safari oldidan mahoratli yarim himoyachi Ivan Solovyovdan intervyu oldik.  

Ivan, Namangan va Toshkentdagi yig'inlar qanday kechdi?

- Reja asosida, ajoyib tarzda kechdi. Faqat unda to'liq ishtirok etolmadim. Bunga esa eski jarohatimning bezovta qilganligi sabab bo'ldi. Moskvada jarohatimni tekshirtirdim. Xudoga shukr, hammasi yaxshi hamda shifokorlar Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida bemalol qatnashishim mumkinligini takidlashdi (u ayni paytda jamoamizning Turkiyaning Belek shahridagi yig'inida qatnashmoqda).

“Navbahor” yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ymoqda va tarkib ham shunga yarasha kuchaytirilmoqda. Ayni paytda shakllantirilayotgan tarkib bilan jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani ado etishga qodirmi? 

- “Navbahor” bilan shartnoma imzolagan mahalliy futbolchilarning barchalarini o'tgan mavsumda namoyish etgan o'yinlari orqali yaxshi bilaman. Ularning barchalari mahoratli va yangi mavsumda chiroyli o'yinlari hamda gollari bilan “Navbahor”ning g'alabalariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishadi, deb umid qilaman.

To'g'ri, o'tgan yilgi tarkib o'zagi saqlab qolindi. Ammo o'z oldiga yuksak maqsadni qo'yadigan jamoaning tarkibi o'ziga yarasha kuchli bo'lishi, shuningdek, zaxira o'rindig'i ham uzun bo'lishi kerak.

O'tgan mavsumda deyarli bitta tarkib bilan o'ynadik, shuningdek, zaxira o'rindig'ining qisqaligi pand berib, mavsum yakuniga kelib, futbolchilarda charchoq alomatlari bilindi va  bu o'yinlarimizga o'z tasirini o'tkazdi. Bu yil bunday holatlar takrorlanmasligi uchun zaxira o'rindig'i uzun bo'lishi bilan birga jamoa safidan ham tajribali hamda mahoratli futbolchilar o'rin olishlari, ular zaxiradan maydonga tushib, o'yinni yanada kuchaytirish qobiliyatiga ega bo'lishlari lozim. Menimcha, tarkibga yana 3-4 nafar mahoratli o'yinchilar qo'shilishsa, tarkib yanada optimal ko'rinish oladi va shunda “Navbahor” yangi mavsumda o'z oldiga qo'yilgan maqsadni amalga oshirishga qodir bo'ladi.

“Navbahor” yangi mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Turkiyada olib boradi. Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini jamoaga yangi mavsumda ijobiy natija ko'rsatishda yordam beradimi? 

- Albatta, Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini jamoamizga bo'lajak mavsum davomida asqotadi. Boisi, u erda tabiiy chimga ega bo'lgan sifatli maydonlarda mashg'ulotlar olib boramiz, shuningdek, yuqori saviyali sparring-raqiblarga qarshi nazorat-sinov bahslari o'tkazamiz. Bu esa albatta bizga yaxshi sport formasiga kirib olishimiz, o'yin amaliyotimizni yo'qotmasligimizda yordam beradi.

Umid qilamanki, yangi chempionat startiga qadar barchamiz optimal formada bo'lamiz va yangi mavsumga tayyor bo'lamiz.

Fursatdan foydalanib, “Navbahor”ga shunday yaxshi sharoitlarni yaratib berayotgan klub rahbariyati, shu jumladan, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, klub vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatovga o'zim va jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Yangi mavsumda biz – futbolchilar ularning ishonchlarini oqlab, o'z oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Jamoa ko'rigida ko'plab legionerlar ishtirok etishdi va etishyapti. Ular borasida nima deya olasiz?

- To'g'ri, shu kungacha jamoamiz ko'rigida ko'plab xorijliklar futbolchilar ko'rikdan o'tishdi va Turkiyada ham ushbu jarayon davom etadi.

Albatta, qaysi legionerning jamoada qolishini murabbiylar shtabi hal qiladi. Biroq xorijlik futbolchilar limitiga ko'ra, ayni paytda “Navbahor”da bor-yo'g'i 2 nafar legionerga joy bor, xolos. SHu bois, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va biz – futbolchilar jamoaga yuqori saviyali xorijlik o'yinchilarning jalb etilishlari, ular bo'lajak mavsumda “Navbahor”ga o'z maqsadini amalga oshirishi uchun yordam berishlari lozimligini tushunib turibmiz. Axir, legioner mahalliy futbolchidan kamida bir bosh ustun  bo'lishi kerak.

Balki shuning uchun ham xorijlik o'yinchilarni tanlash uchun ko'rik jiddiy tarzda kechayotgandir?

Nima bo'lgan taqdirdayam, jamoamiz tarkibiga mahoratli legionerlar jalb etilib, ular bu yilgi chempionatda “Navbahor”ning yutuqlariga munosib hissalarini qo'shishadi, deb umid qilaman. 

“Navbahor” muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?

- Fursatdan foydalanib, shuni takidlamoqchimanki, namanganlik ishqibozlar o'yinimni yoqtirishadi va meni hurmat qilishadi. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni izhor etgan holda, jamoamiz muxlislaridan bu yil ham “Navbahor”ni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashlari, yangi shiorlar aytib, shuningdek, jamoani ruhlantiradigan qo'shiqlarni kuylab, xuddi xorij klublarining muxlislari singari qo'llashlarini tilayman. Bu biz – futbolchilarga ishtiyoq, ishonch va qo'shimcha kuch-quvvat beradi hamda biz ham ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.

SHu jumladan, men ham “Navbahor” muxlislariga quvonch ulashish uchun maydonda barcha imkoniyatimni ishga solaman.

Ishqibozlarga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman. Ular jamoamizni qo'llab-quvvatlashdan charchashmasin.     

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика