Ivan Solovyov: "Kuchliroq jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz kerak"
27 jan 2021 19:05
Yangiliklar


Ivan Solovyov: "Kuchliroq jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz kerak"
"Navbahor" yarim himoyachisi Ivan Solovyov "Rubin"ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Toshkentdagi yig'inimizni rejadagidek o'tkazmoqdamiz. O'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashyapmiz, bugungi raqibimiz biroz kuchsiz edi. Meni fikrimcha kuchliroq jamoalar bilan o'ynashimiz kerak. Oldimizga har yili yuqori maqsadlarni qo'yamiz. Lekin oldindan biror narsa deyish qiyin. Mavsum davomida ko'ramiz va kuzatamiz. Ha, jamoa bilan shartnomani uzaytirdim. Bu yil O'zbekistondagi uchinchi mavsumim hisoblanadi. Oldinda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi",- deydi Solovyov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar