Ivan Rakitich:“Faqat o'rganishni emas, iz qoldirishni ham istayman”
08 dek 2015 22:55
Yangiliklar
Ivan Rakitich:“Faqat o'rganishni emas, iz qoldirishni ham istayman”
O'tgan haftada u Angliyaning “World Soccer” jurnaliga intervyu berdi va faoliyatidagi bir qator muhim holatlarni yodga olib o'tdi.
- Evropa Ligasida “Sevilya” bilan zafar quchib, finalning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldingiz. “Barselona”ga kelganingizdan keyin ham sizni “Sevilya” ishqibozlari iliq kutib olishdi. “Barsa” bilan uchta sovrin yutdingiz, CHempionlar Ligasi finalida birinchi to'pni kiritdingiz. Keyin sobiq klubingizga qarshi Evropa Superkubogida o'ynab, 5:4 hisobida g'alaba qozondingiz. Tez orada ikkinchi farzandingiz dunyoga keladi, jamoa bilan klublar o'rtasidagi mundialda qatnashasiz. Yana Ispaniyaga kelganingizda birinchi tunda o'zingiz uchratgan qizga uylandingiz. Hayotingizda scenariyni kim yozadi?
- Bu yigit o'z ishini juda yaxshi biladi! Hayotda nimadir sodir bo'lgunicha shunchaki kutib o'tirmayman. Imkoniyatdan foydalanishga intilaman va atrofimda mendan boxabar bo'ladigan inson bor. Futbol uchun yashab, muvaffaqiyatga erishish uchun imkoni bor va imkonsiz narsalarni amalga oshiraman. Buni ish deb aytmayman, lekin mehnat qilishga to'g'ri keladi. O'zimdan faxrlanaman, baxtliman va “Barselona”da o'ynayman. Bundan ortiq nima bo'lishi mumkin? Kasbimizda o'zimiz yoqtirgan narsani qilamiz, buni jahondagi eng buyuk klub bilan amalga oshirish shunchaki mo'jiza. Ishga tabassum bilan kelib, uyga ham kulgan holda qaytaman. Barcha imkoniyatdan 100 foizga foydalanib, bundan rohat olish kerak. O'rnimda ko'plab futbolchilar bo'lishi mumkin edi. Faoliyatingda maksimal yutuqlarga erishish muhim, istalgan lahzada barchasi yakunlanishi mumkin: zinada tizzangni sindirib olib, hech qachon futbol o'ynamaslik xavfi bor. O'yin va g'alabadan yoqimliroq narsa yo'q, buni yana va yana uddalashni xohlayman.
- Har bir imkoniyatdan foydalanib, maqsad va ishtiyoqqa ega bo'lish haqida aytdingiz. Lekin siz hammasini bosqichma-bosqich amalga oshirgansiz. “Bazel”dan “SHalke”ga, u erdan “Sevilya”ga va keyin “Barsa”ga. Katta klubga vaqtli o'tmaganingiz yaxshi bo'lganmi?
- Bazi futbolchilar darhol grandlar safiga qo'shiladi va bunda muammo yuzaga keladi. 18 yoshimda “CHelsi” va “Yuventus”dan taklif bo'lgan, lekin ketishni istamaganman. “Bazel”da oyoqqa turib olishni o'ylaganman. Katta klubga ko'chib o'tish qiziq, lekin o'shanda asosiy tarkibga muqim kirishni xohlagandim. Keyin esa “SHalke”, “Sevilya”, “Barselona” yo'nalishida harakatlandim. SHunday bo'lishi kerak bo'lgan – har bir klubda yangi g'oya va odamlarni bilib bordim. Hamma joyda o'rgandim, xatolarni bilib, ular ustida ishladim.
- Agar har bir jamoangizdan muhim narsani tanlash lozim bo'lsa, u nimalar bo'lardi?
- Har bir klubda o'zgacha jihatlar mavjud. “Barselona”ning buyuk va katta klubligini aytgan bo'lardim. “SHalke” – tashkilotchilik, u erda har bir narsaga jiddiy etibor beriladi. “Sevilya”da intilish va mehrni. “Bazel”da insoniylik, haqqoniylikni har kuni namoyish etisharli. Agar bularning hammasini birlashtirsa, ideal ko'rinish hosil bo'ladi.
- Ispaniyada shunday gap bor: “poezd stanciyaga faqat bir marta keladi”. SHuning uchun unga ilashib qolish kerak. Biroq poezd sizga qayta-qayta kelgandek.
- SHoshishni istamayman. Bolaligimdan “Bazel”ga muxlislik qilganman. U erda o'ynash va g'alabaga erishishni xohlaganman. Keyin qolganini hal qilishim mumkin edi. Yonas Elmer degan do'stim bor edi. SHveycariya U-16 termasida o'ynagan Elmer “CHelsi”ga o'tishga qaror qilgan. Hozir u SHveycariyada 2 yoki 3-divizionda o'ynamoqda. Agar qolganda hammasi boshqacha kecharmidi. Har bir futbolchi o'ziga ishonishi lozim. Biroq menga hozir gapirish oson bo'lishi mumkin. To'g'ri qilganim yoki u xato qilganini gapirmayapman, lekin men yurak bilan ish tutgandim. O'zim uchun qarori qilishim kerak edi. Agar maslahat kerak bo'lsa, buni iltimos qilaman, ammo bunday qarorlarni yolg'iz o'zing qabul qila oladigan darajada kuchli va erkin bo'lmoq darkor. Agar menda ishlar yaxshi bo'lmasa, bu shaxsiy xatom bo'lardi.
- Darhol yugurib ketish kerak emasmi?
- 16 yoshgacha jamoada birinchi murabbiyimni eslayman – Verner Mogg. “Bazel”da meni 18 yoshlilar jamoasiga o'tkazishni xohlashdi. Lekin Verner qolishim zarur ekanligini takidladi. U sardor va maydondagi eng ahamiyatli futbolchi bo'lishimni aytdi. Ko'p narsalarni o'rganishimni takidladi. Keyin yangi saviyaga chiqishga tayyor bo'lishim haqida gapirdi. Buni yaxshi yodda saqlab qoldim. U haq edi. Tengdoshlarim bilan qolganim foydamga ishladi. O'sha mavsumda 48 uchrashuvda 17 to'p kiritdim.
- Yarim himoyada o'ynabmi?
- Ha, markaziy yarim himoyada. Sardor edim. O'shanda barcha narsani yutdik. O'shanda yaxshiroq o'sishni boshladim. To'g'ri, hozir ham juda tez emasman, biroq o'sishga erishgandim. Belim va oyog'im og'rirdi. Atrofga boqishga ulgurmay jamoada eng baland va kuchli bo'lishga ulgurgandim.
- Katta bo'lish ahamiyatlimi?
- O'sha yoshda bu narsa muhim. Balandroq, kuchliroq va tezroq bo'lsang, maydonda ko'zga tashlanasan. Iqtidorli, lekin jismonan etuk bo'lmagan bolalarga qiyin bo'ladi. Bizda markaziy hujumchi bor edi: mendan uch baravar kattaroq, kuchli va tezroq bo'lib, juda muhim o'yinchi sanalardi. Lekin jismonan unga etib olishni boshlaganimizda u umumiy qaraganda boshqacha tuyulmasdi.
- Keyin sizni birinchi jamoaga o'tkazishdi.
- Kristian Gross 16 yoshimda asosiy jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarlikka olib ketgandi. Bu mukofotdek bo'lib, jamoa ishini yaqindan kuzatishga imkon bergandi. Kattalarda barchasi boshqacha edi. Yaxshi va yomon tarafdan hamma ajralib turardi. Xarakter, o'zini o'ylash, jiddiylik. 21 yoshlilar jamoasi bilan o'yinni yutqazsak, hech qanday qo'rqinchli joyi yo'q edi. Asosiy jamoada bunday emasdi. Jamoat oldida o'zingni tutishda ehtiyot bo'lish lozim edi.
- Katta yoshli futbolchilar sizda raqobat ko'rishganmi?
- Buni ulardan so'ragan maqul. Asosiy jamoa buni bilib, hurmat bilan kelganman. SHu bilan birga o'ynashni istasam, boshqalar bilan raqobatlashish kerakligini yaxshi bilardim. Oson bo'lmagan, hech kim taslim bo'lishni xohlamasdi. O'zimga ishondim va menga omad kulib boqdi. Har bir klubda menga kimdir yordam bergan. Dastlab bu Mladen Petrich bo'lgandi. U menga akamdek edi, hamma narsani ko'rsatib, o'rgatgan, yordam bergan va himoya qilgan. U meni kuzatishini ham aytib o'tgandi. “SHalke”da bu ishni Mladen Krstaich qilgandi. Yordamga ega bo'lish juda muhim. SHu sababli endi o'zim yosh o'yinchilarga yaqinroq bo'lishga intilyapman, ayniqsa terma jamoada. “Barselona”da boshqacha: u erga o'yinchilar tayyor holda kelishadi.
- “Sevilya”da-chi?
- U erda dastlabki 2-3 oyda “SHalke”dagi xorijlik futbolchilar tushgan ahvolni his qilganman. Ular menga shunday nazar bilan boqishardi: “Bu axmoq nimani gapirishga harakat qilyapti?” Bizda Xitoy, Yaponiya, Ispaniyadan futbolchilar bo'lardi. O'shanda yashash qanchalik qiyin bo'lishi, boshqalar bilan muloqot qilmaslikni tushunmasdim. Ispaniyaga kelganimda esa ikki so'zni ham ayta olmasligimni darhol tushundim. Ispanchani bilish muhim edi. Yangi til – sovg'a. U faqat maydonda qaerga yugurish va nima qilish kerakligi uchun emas, balki muloqot qilish uchun zarurdir. Nimalarni sinab ko'rmadim. Televizor ko'rdim, radio tingladim. Dastlab menga Ivica Dragutinovich tarjima qilib turardi, lekin men u bilan imkon boricha ispanchada gaplashishga intilardim. Harakat qilsang, buni qadrlashadi.
- Bunga boshqa sabab ham bormidi?
- To'g'ri. Men Rakelni, bo'lajak xotinimni Sevilyaga kelan birinchi kunimdayoq uchratdim. U bilan tanishishni istaganim uchun tilni o'rganishim shart edi. Uchib keldim va sport direktori meni aeroportda kutib oldi. Soat kechki 10 edi. Biz kechki ovqatni tanovul qildik va stadionga yaqin erdagi mehmonxonaga jo'nadim. Asabiylashib, uxlay olmadim. Akam bilan kofe ichgani barga kirdik. Yarim tunda kofe. Va uni menga rafiqam olib keldi. Transfer oynasi tugashiga 4 kun qolgandi, meni turli klublarga bog'lashardi. Bir jamoadan qo'ng'iroq qilib, shaxsiy samolyot jo'natishni taklif qilishdi. Biroq akamga “Sevilya” prezidentiga vada berib qo'yganimni aytdim. Ertaga shartnoma imzolab, o'sha oficiantkaga uylanishimni takidladim.
- Unga bu haqida aytganmisiz?
- Keyinroq. O'sha mehmonxonada deyarli 3 oy yashadim va har kuni kofe ichgani kirardim. “Un cafe con leche y una Fanta naranja, por favor”. Menimcha, boshqa narsa buyurtma qilmaganman, faqat shu gapni bilardim. Uni uchrashuvga taklif qildim, lekin u doimo ishi sabab bunga imkoni yo'qligini aytardi. Avgustda nihoyat u vaqt topdi. Biz birga kechki ovqatga bordik va o'shandan beri ajralishmadik. Qiz farzandimiz dunyoga keldi. Endi ikkinchisini kutyapmiz. Men xuddi Jorj Klunidekman! Agar Gollivudda men haqimda film suratga olinsa, u yoki Ben Afflek mening rolimni o'ynashi mumkin.
- Hozir ispanchada jda yaxshi gapirasiz. Yana andaluscha shevada.
- 3 oydan keyin odamlar bilan muloqotga o'tgandim. U erda rostdan boshqacha gapirishadi. Xesus Navas yoki Xuan Kalo bilan gaplashish imkonsiz edi. Men bir narsani o'rgangan bo'lsam, ular umuman boshqa narsani so'zlashardi. Oxiri ularning shevasini o'rganib oldim. Sevilyaga xos hazilkashlik bilan buni uddalash oson bo'ldi.
- Andalusiya derbisida vaziyat taranglashadi.
- SHunday, lekin barcha bir-biriga samimiy munosabatda bo'ladi. Albatta, raqibga toqat qilmaydigan odamlar bor, lekin bunda ham mahalliy xarakter va hazil sezilib turadi.
- Germaniya derbisi va “El Klasiko”da qanday?
- “SHalke”–“Borussiya” – bu o'zgacha o'yin. U erda birinchi kundayoq menga boshqa o'yinlar haqida unutib, “Borussiya”ga gol ursam va biz yutsak, meni qo'llarida ko'tarib yurishlarini aytishgandi. Birinchi kundanoq.
“Klasiko?”Men faqat o'yinchi emasman, muxlis ham sanalaman. Jahondagi eng muhim uchrashuvlarda ishtirok etish g'aroyib. “Klasiko” paytida ko'chada hech kim bo'lmaydi. SHaharlar orasida 600 kilometr bo'lsa-da, har ikki klub jahondagi eng kuchlilardan va eng buyuk 5 jamoalar safiga kiradi. Bu esa o'yinga alohida tus bag'ishlaydi.
- Farzandlaringiz futbolchi bo'lishini istaysizmi?
- Qizim futbolchi bo'lmaydi – u ota-onasining yonida bo'lishga imkon beradigan ish bilan shug'ullanadi. Futbolda ko'p narsadan voz kechishga to'g'ri keladi, aks holda hech narsaga erisha olmaysan. Biroq bundan ham rohat olish kerak. Oila yoningda bo'lsa, yaxshi. Yoqimli bo'lmagan pallada ular seni tartibga keltiradi.
- Mag'lubiyatdan keyin o'zingizni qanday his qilasiz?
- Yutqazsak, o'zimda bo'lmayman. Odamlarni etiborsizlik bilan eshitaman, javob bermayman. Uyda meni qo'llash yoki men bilan birga bayram qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Qizim kelganda esa dunyo to'xtab qoladi. U “dada” deganda o'ynaganim yoki yutqazganimni butunlay esdan chiqaraman.
- Xaver Maskerano “Barselona”da futbol o'ynashni qaytadan o'rgangani to'g'risida gapirgandi. Sizda-chi?
- To'g'ri. “Barselona”da ko'p yillardan beri aniq o'yin uslubi bor va har bir murabbiy bunga o'z qo'shimchalarini kiritadi. “Sevilya”da “Barsa” uslubi foyda bermagan bo'lardi. Jamoa har bir o'yinda ustunlik qilib, g'alaba qozonishi shart.
- Xavini almashtirish qiyin bo'ldimi?
- Gap qiyinchilikda emas. U bilan ko'proq birga o'ynashni istagandim. U bilan ishlash va undan o'rganish ajoyib bo'ldi. Undan minnatdorman: kattalarni hurmat qilish, oddiy bo'lish, bosimga dosh berish, o'yinga yaxshi tayyorlanishni o'rgandim. Qachondir yangi Xavini ko'ramiz deb o'ylamayman. SHu bilan birga o'z holimcha qolishni istayman. Faqat o'rganib qolmay, o'z izimni qoldirishni xohlayman.
- “Sevilya”da sardor bo'lgansiz. “Barsa”da ham etakchilardan birimisiz? Kiyinish xonasida sizga quloq solishadimi?
- Boshqaruv nima ekanligini bilaman, ko'p futbolchilar anchadan beri o'ynashadi. Zarur paytda gapirishim mumkin, lekin bunday saviyaga asta-sekinlik bilan chiqib borish lozim. Xarakterim o'zgarmaydi. O'zimni xotirjam his qilaman va barcha uchun yordamga tayyorman.
- Mavsum boshida 4-sardor uchun ovoz berish bo'ldi: unda Maskerano g'alaba qozondi. O'zingiz uchun ovoz berishingiz mumkinmidi?
- Bilmayman. Bunday qilmadim, balki taqiqlanmagandir. Qog'ozga ismni yozamiz. Uch sardor avval aniqlangan. Ular - Messi, Inesta, Buskets. Bizda etakchilar etarli va navbatdagi sardorlarni ham yozsa bo'ladi. Lekin maydonda manfaatlarimizni himoya qilish uchun 4 sardor ham etarli. Ularga ishonamiz. Klubda umrini o'tkazgan va jamoaga yordam berib, qo'llab-quvvatlashi uchun sardor bo'lishi shart bo'lmagan futbolchilar mavjud.
- Oldinda Messi, Neymar va Suares bilan o'ynash qanday?
- Hujum chizig'imiz jahonda eng kuchli. Ular o'yin uslubimizni aniqlab berishadi, bizning vazifamiz esa maydonda ular uchun ishlash. Yuqori pressingdan foydalanamiz, to'pni raqib darvozasidan 20 metr uzoqlikda qaytarib olishga intilamiz. Hujumchilarimiz va darvoza orasida 1-2 nafar futbolchi qoladi. Hujum chizig'i uchun harakat qilamiz. Ularga yordam bersa, 5-10 kilometr masofani bosib o'tamiz. Bunga tayyormiz.
- Faoliyatingizdagi eng yaxshi lahza qaysi?
- Ular ko'p, lekin CHempionlar Ligasi finalidagi golni oilam qarshisida urganman – bu yuz berishi mumkin bo'lgan eng ajoyib narsa. Xuddi dunyoni quchoqlagandek. To'pni olib, uni o'zingkini deb o'ylashdek gap. Hamisha ko'proq narsani istayman. SHunday ekan, o'sha hissiyotni yana bir marta his qilishni xohlayman.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar