Ivan Rakitich: “Vidaldan juda xavotirda edim”
12 fev 2017 03:48
Yangiliklar
Ivan Rakitich: “Vidaldan juda xavotirda edim”
“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Alaves” (6:0) bilan kechgan uchrashuvdan keyin intervyu berdi.
“O'yin yaxshi o'tdi, Vidal tez orada safga qaytishiga ishonaman. Usha vaziyat ruy berganda men uning oldida edim – jarohati dahshatli ko'ringandi. Dastlab undan juda xavotirda edim. O'ylaymanki, u qadar jiddiy muammo bo'lmaydi va Vidal tez orada safga qaytadi.
O'yin boshidanoq barchasi biz o'ylagandek kechdi. Ammo birinchi golni ko'p kutishimizga to'g'ri keldi. SHundan keyin biz oradagi farqni tez oshirishga erishdik. Oxirgi bahslarda men o'zimni maydonda yaxshi his qilayapman.
“Alaves”ga hurmatsizlik qilmoqchi emasdim, shu sabab golimni u qadar quvonch bilan nishonlamadim. 5:0 hisobida oldinda borayotgan paytingda gol ursang, futbolkani echib golni nishonlash shart emas”, deydi Rakitich.
Fikrlar