Ivan Nagaev: Yangi mavsumning birinchi golini kiritganimdan xursandman
16 mar 2014 14:56
Yangiliklar

Ivan Nagaev: Yangi mavsumning birinchi golini kiritganimdan xursandman
Kecha futbol bo'yicha O'zbekiston XXIII milliy chempionatiga start berildi.
Lokomotiv futbolchilari safarda Navbahor klubiga qarshi to'p surdilar va Ivan Nagaev kiritgan yagona gol evaziga dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdi. "Navbahor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng biz Ivan Nagaev bilan bog'landik kichik flesh-intervyu oldik.
- G'alaba qozonish va unda gol kiritib jamoaga foyda keltirish har doim yoqimli, - deya so'z boshladi hujumchi. Bizda gol kiritish uchun ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ammo bir necha vaziyatlarda mendan va jamoadoshlarimdan omad yuz o'girdi. Safimizda o'z ishining haqiqiy ustalari yig'ilgan. Har bir chiziqda kuchli raqobat bor. Ushbu mavsumda biz o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. Biz bundanda sermaxsul va chiroyli o'yin ko'rsata olamiz. Yangi mavsumning birinchi golini kiritganimdan xursandman. Bu mavsumda yanada ko'proq gollar kiritib Lokomotivga foyda keltirishni hoxlayman, - deya so'zini yakunladi Vanya.

Fikrlar