Ivan Nagaev “Lokomotiv”da qoladigan bo'ldi
09 jan 2016 20:37
Yangiliklar
Ivan Nagaev “Lokomotiv”da qoladigan bo'ldi
Tezkor hujumchi Ivan Nagaev bilan davom etgan uzoq muzokaralardan so'ng nihoyat futbolchi jamoamizda qoladigan bo'ldi.
Nagaev bilan muzokaralar birmuncha uzoq davom etdi, hatto uning “Lokomotiv”ni tark etishi ham kutilayotgandi. Biroq yakunda tomonlar bir to'xtamga kelishdi va Nagaev “temiryo'lchilar” bilan yangi bitimga imzo chekdi.
Ivan Nagaev ayni paytda Toshkentda va viza masalasini hal etmoqda. Viza masalasi hal bo'lishi bilan futbolchi Dubayga uchadi va “Lokomotiv”ning mashg'ulotlariga qo'shiladi. Biz Nagaevga yangi boshlanadigan mavsumda omad tilagan holda ko'proq gol urishini tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar