So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Ivan Boshkovich: "Vaqt cho'zish uchun ko'rsatma bermayman" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Vaqt cho'zish uchun ko'rsatma bermayman"

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'z fikrlarini bildirdi.


- Bugun o'yinning so'ngigacha tomonlar jangovarlikni ushlab turishdi. Nafaqat futbolchi va murabbiylar, balki, muxlislar ham o'ziga hos bosimni his qilib turishdi. O'z navbatida chiroyli futbol ham bo'ldi. Biz natija uchun ham o'ynay olishimizni ko'rsata oldik. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, vaziyatlar yaratdik, gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa raqiblar bosim uyushtirishini bilgandik. Jarima maydonchamizda ko'plab to'p uzatishlar bo'ldi, havoda to'p uchun kurashlar ko'p amalga oshirildi. O'yin yakunida gol urishga ulgurmay qoldik. Bu mag'lubiyatsiz seriyamizdagi muhim ochkolardan biri hisoblanadi. "Neftchi" ham kuchli jamoa ekanligini, so'nggi soniyalargacha o'z maqsadi, balki, chempionlik uchun ham kurasha olishini ko'rsatmoqda. Muxlislarga ham ofarin, ular jamoasiga yordam berib turishdi. Yaxshi o'yin ko'rsatgani uchun ikki jamoa futbolchilariga rahmat aytaman.

- O'yinning birinchi bo'limida hakam bilan ko'p tortishdingiz. Hakamlik haqida hulosangiz qanday?

- Albatta, maydonda doimo emociyalar bilan bo'lamiz. Bazida barchasini ham obektiv tarzda ko'rmasligimiz mumkin. To'g'risi, futbolchilarimning ko'p sariq kartochka olayotganidan biroz xafa bo'ldim. Sariqlar esa to'planib, biror futbolchining navbatdagi o'yinda qatnashmasligiga sabab bo'ladi. Hakamlarning o'z qo'mitasi bor. Ular o'yinni ko'rib chiqadilar va professional tarzda muhokama qiladilar. Qonun bor, unga rioya qilish kerak. 

- Zenan Zaymovich oddiy holatda sariq oldi. Umuman olganda u so'nggi paytlarda ko'p gol urayotgandi. Bugun esa bunday bo'lmadi.

- Futbolchilarga maydonda koncentraciya kerak. U sariq kartochkaga loyiqmidi yoki yo'q, bilmayman. O'zingiz bilganingizdek, o'yin juda asabiy o'tdi. Bunday paytda doim ham hissiyotlarni jilovlab bo'lmaydi. Bularning barchasi futbolda bo'lib turadigan holatlar. Natijadan bugun qoniqdim. Ammo boshqacha olib qaraganda, bugun futbol bayrami bo'ldi. 

- Siz murabbiylik qiladigan jamoalar asosan vaqt cho'zmasdi. Bugun ilk marta bunday holatni ko'rdik.

- Barchasi ham Siz o'ylagandek emas. Yigitlarga vaqt cho'zishni, yotib olishni ko'rsatma bermaganman. Bugun muxlislar ko'p edi, shu sababli ikki jamoa ham faqatgina oldinga o'ynashga harakat qildi. Juda ko'p kurashlar bo'ldi. Biz dinamik futbol o'ynashga harakat qilamiz, vaqt cho'zishni istamaymiz. Baribir yakunda natija asosiy o'rinda bo'ladi. SHu sababli futbolchilarning o'zi bazida tempni tushirishga harakat qiladi. O'tgan o'yinlar davomida o'zimiz uchun kerakli darslarni olyapmiz.

- Savol yana vaqt cho'zish haqida. Jamoaning ko'plab futbolchilari, asosan legionerlari vaqt cho'zishda ko'p ishtirok etishdi. Bunga muxlislarning reakciyasi ham juda og'ir ko'rinish oldi. Siz vaqt cho'zilishini ko'rsatma bermadim, deb aytdingiz. Keyingi o'yinlarda ham bunday holatlar bo'lib turishi mumkinmi?

- Biz shunchaki maydonda yotib olmadik. Hakam esa sariq kartochka berdi. O'shanda jarohat etkazilishi mumkin bo'lgan holat yuzaga kelgandi. Muxlislar hech qachon raqib tomonning fikriga qo'shilmaydi. Keling, qo'mitaga boramiz va o'sha erda nimalar bo'lganini birga ko'ramiz. Hozir hakamlik bilan shug'ullanishni istamayman. Bizda ham hakamlik bilan muammolar bo'lib turadi. Biroq bunday narsalar matbuot anjumanida muhokama qilinmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика