So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Таркиблар эълон қилинди  0 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  6 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  16 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1

Ivan Boshkovich: "Tailandda aniq ustunlik bor, deya olmayman. Lekin bu O'zbekistonga xotirjamlik bermasligi kerak" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Tailandda aniq ustunlik bor, deya olmayman. Lekin bu O'zbekistonga xotirjamlik bermasligi kerak"

O'zbekiston - Tailand uchrashuvidan avval bevosita Tailand futbolini biladigan mutaxassis, futbolchilarga yuzlanmoqdamiz.

"Nasaf"ning sobiq chernogoriyalik futbolchisi, "So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovich faoliyati davomida Tailandning "CHonburi", "Sriracha", "BEK Tero Sasana", "Krabi", "Sisaket", "Rayong" kabi klublarida to'p tepgan. Tabiyiki, murabbiy ularning futbolidan xabardor. 

- Tailand futbolini yaxshi darajada deyishim mumkin. Ular oxirgi 5-10 yilda yaxshi natijalarga erishdi va hurmatga loyiq. Tashkilotchilik, malakali xorijlik mutaxassislar mamlakat futboli saviyasini oshirmoqda. Klublar o'z akademiyasiga ega bo'lyapti. Aniq dastur va strategiya asosida ishlamoqda. Barcha klublar xususiy va kuchli homiylarga ega.

- Ertangi o'yinda ularda aniq ustunlik yo'q. Lekin bu favorit O'zbekistonga xotirjamlik bermasligi kerak. G'alaba uchun bosim bo'lmagan vaziyatlarda bunday jamoalar yanada yaxshiroq o'ynay olishi mumkin. Tailandda har qanday raqibga muammo tug'diradigan texnik, epchil va kreativ futbolchilar bor. Ular kuchga asoslangan futbolni yoqtirmaydi. Bu esa O'zbekistonga ustunlik berishi kerak. 

- Tailandda yuqori saviyadagi mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Ular maydonda bir-birini yaxshi tushunadi. Sifat, saviya borasida O'zbekiston favorit. Lekin bitta o'yinga yaxshigina tayyorgarlik talab etiladi. Ruhiy tayyorgarlik bunda juda muhim hisoblanadi. Agar koncentraciya va o'yindagi intizom yuqori saviyada bo'lsa, O'zbekiston katta muammoga duch kelmaydi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика