So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Ivan Boshkovich: "So'g'diyona"da ishlashga qiynalmayapman" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "So'g'diyona"da ishlashga qiynalmayapman"

Coca Cola Superligasi 11-turi doirasida "Buxoro" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Bu o'yinda bizda katta bosim his qilishimizni, havodagi to'p uchun kurashlar bo'lishini bilardik. Bunday raqibga qarshi o'ynash doimo noqulay. "Buxoro"da ishtiyoq yuqori bo'lishini bilgandik. Asosiysi - g'alaba qozonib oldik. Ketma-ket uchinchi o'yinda gol o'tkazib yubormadik. Bu meni quvontirmoqda. Demak, himoyamiz yuqori darajada o'yin ko'rsatyapti. O'yin sifati borasida esa menda doimo etiroz bor. Birinchi bo'limda sekinroq o'yin namoyish qildik, o'tkir paslar bera olmadik. Maydonga moslasha olmadik va to'p bilan yaxshi ishlay bilmadik. Ikkinchi bo'limda esa ishlar yaxshiroq kechdi va vaziyatlar yaratishni boshladik. Albatta, raqibda ham yaxshi vaziyatlar yuzaga kelayotgandi. O'sha vaziyatlarda bizning omadimiz keldi. Birinchi bo'lib gol urib olganimizdan keyin o'yin yakunigacha hisobni ushlab turishga qiynaldik. Eng muhimi - g'alabali yo'nalishda davom etyapmiz. O'yin sifatini yanada yaxshiroq qilishga, vaziyatlardan ko'proq gol urishga harakat qilamiz. Albatta, bu yo'lda natija birinchi navbatda bo'ladi. Biroq sifatli o'yinsiz natijani uzoq kutib qolishimiz mumkin. 

- Futbolchilaringizning o'yinidan mamnunmisiz?

- Aytganimdek, o'yin sifatidan etirozim bor. Raqibdan bir bosh ustun bo'lib o'ynashimizga ishonaman. Istalgan murabbiyga o'z o'yinini singdirishi uchun vaqt kerak. Biz ham bu yo'lda mehnat qilyapmiz.

- Jamoaning asosiy tarkibi deyarli o'zgarmayapti.

- Ha, tarkib o'tgan o'yindagi kabi. Asosiy tarkibda o'zgarish bo'lmadi. Raqibning darajasini, futbolchilarimning holatini inobatga oldik va murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda tarkibni o'zgartirmadik. Bizda doimo o'yinni kuchaytiradigan zaxira futbolchilari bor. Barcha futbolchilar menga kerak. Har o'yinda yosh futbolchilarga imkoniyat berilmoqda. Ikkinchi bo'limda yoki o'yin tugashi yoki boshlanishi mumkin. SHunday pallada tarkibdagi ikki yosh futbolchilar - Hislat Halilov hamda Nodir Soyibovlardan ko'prog'ini kutyapman. Rejamiz shunday, ushbu yo'lda davom etishimiz kerak. 

- Siz jamoa boshqaruvini qo'lingizga olganingizdan keyin jamoa 180 gradusga o'zgardi va ketma-ket to'rt o'yinda g'alabaga erishdi. Muvaffaqiyatning siri nimada?

- Odatda jamoalarda bosh murabbiy o'zgarganidan keyin futbolchilarning kayfiyati ham yaxshi bo'ladi. Murabbiy jamoaga keliboq o'yin uslubini o'zgartirib tashlay olmaydi. Ilk navbatda, bu ruxiy tomonga bog'liq. Ikkinchidan esa biz taktik o'yinni pozicion o'yin bilan o'zgartirdik. Albatta, doimo etiborli bo'lish va himoyada mustahkam turib berish - jamoa o'yinining asosi bo'lishi kerak. Bu men uchun eng asosiysi va mana ishlar ham qadam va qadam yaxshilanmoqda. Endi gol o'tkazmay yutayotgan ekanmiz, demak, o'yin sifatini yaxshilash bobida ishlashimiz va oldinga harakatlanishimiz kerak. Bu jamoada ishlash men uchun qiyinchilik tug'dirmayapti. CHunki tarkibdagi futbolchilarning saviyasi yuqori darajada va buni birinchi o'yindan keyinoq aytgandim. Bunday futbolchilar bilan ishlash murabbiylarga ham qiyinchilik tug'dirmaydi va biz ular bilan ishlashdan zavq olyapmiz. 

- Oldingi hujumchilarning hozirgi hujumchilar bilan o'rtasidagi farq nimada?

- Futbol o'zgarmoqda, talablar oshmoqda. So'nggi hujumchi ham hozir pressing qilishi, oyoqda, boshda yaxshi o'ynay olishi kerak. Oldinlari so'nggi hujumchi bemalol to'pni kutib turishi mumkin bo'lardi. Hozir esa so'nggi hujumchi nafaqat gol urishi, balki, himoyaga ham yordam berishi kerak. 

- Jamoangizda etakchi futbol o'zgarmayapti. O'tgan mavsumda ham Jasur Hasanov etakchi edi va u hali ham o'z vazifasini bajarmoqda.

- O'zbek futbolining afsonasi bilan ishlash menga ham yoqmoqda. U bilan birga o'yinlarni yutyapmiz. Istalgan futbolchining yuqori darajada o'yin ko'rsatishi - murabbiylar shtabining yutug'i. SHuningdek, mening ham yutug'im.

- Siz o'z murabbiylar shtabingizni olib keldingizmi yoki oldingi murabbiylar qolishdimi?

- Ikki nafar mahalliy murabbiyni tanlab oldim, bir nafari "Bunyodkor"dan keldi. Ayrimlari bilan "Nasaf"da birga o'ynaganman. Bir nafari esa Ulug'bek Bakaev bilan "Bunyodkor"da ishlagan. SHerali Boboqulov menga maslahatchi bo'lib turibdi. Bizda etarlicha yosh va iqtidorli murabbiylar shtabi yig'ilgan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика