So’nggi yangiliklar

18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 18:15Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:05Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" "Ал Иттиҳод" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  10 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  5 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1

Ivan Boshkovich: "Raqib - chemionlik uchun davogarlardan biri, biroq biz ularning kuchsiz tomonlarini bilardik" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Raqib - chemionlik uchun davogarlardan biri, biroq biz ularning kuchsiz tomonlarini bilardik"

"So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan (2:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ivan Boshkovich: "Bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib - chemionlik uchun davogarlardan biri, biroq biz ularning kuchsiz tomonlarini bilardik. Ular 30-daqiqadan so'ng ikkita o'zgarish qilib, 2 nafar hujumchi bilan o'ynay boshlashdi. To'p bilan ikkinchi qavatda o'ynashga intilishdi va hisobni tenglashtirishdi, shundan so'ng taktikada bazi o'zgarishlar qildik. Futbolchilar ko'rsatmalarni bajarib, pas orqali o'ynay boshlashdi. Raqibga aynan shu yo'l bilan muammo tug'dirdik. Oxirigacha harakat qildik va maqsadimizga etishdik. Doriev juda muhim golni urdi. Afsuski 2ta sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Asosiysi - natijaga erishdik. Keyingi bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz.


Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytamiz. Kelasi bahsdan bundan ham ko'p ishqiboz bo'ladi deb umid qilaman. Keyingi uchrashuvda ham CHempionlar ligasida o'ynaydigan raqibga ("Paxtakor") qarshi maydonga tushamiz. Umid qilamanki, ular yaxshi o'yinlar va ijobiy natijalar guvohi bo'lishadi".

- "Navbahor"ga qarshi bahsga tayyorgarlik haqida aytib o'tsangiz.

- Biz bu o'yinga 15 kun tayyorgalik ko'rdik. Ular OCHLda o'ynashdi, keyin uzoq yo'l va bu o'z tasirini ko'rsatadi. Bu jabhada omadimiz keldi. Yigitlar ham ko'rsatmalarga rioya qilishdi. Bugun g'alabaga munosib edik.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика