So’nggi yangiliklar

19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  91 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2

Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o'yinda natija biz uchun ko'ngildagidek bo'lmadi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o'yinda natija biz uchun ko'ngildagidek bo'lmadi"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan OKMK - "So'g'diyona" (5:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik. Bitta o'yinda 8 ta gol urilishi uchrashuvni tomosha qilgan muxlislarga ham har jihatdan maqul kelgan bo'lsa kerak. 72 daqiqa barchasi o'z qo'limizda bo'ldi. Biroq, yakuniy natija biz uchun ko'ngildagidek bo'lmadi.

Birinchi bo'limda yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilay oldik, gollar urib hisobni tenglashtirgandik. Ammo ikkinchi bo'limda bolalarcha xatolarga yo'l qo'ygan vaziyatlarimiz bo'ldi. Ayniqsa, o'yinning so'nggi 25 daqiqasini juda bo'sh o'tkazdik.


- "Navbahor" bilan o'yindagi mag'lubiyat bugungi uchrashuv oldidan kayfiyatga tasir ko'rsatdimi?

- Yo'q, aksincha biz g'alaba uchun ikki karra ko'proq harakat qildik. "Navbahor"ga qarshi o'yinda yomon harakat qilmadik, aksincha yaxshi o'yinlarimizdan birini namoyish etdik. U erda 30 soniya davomida bir kishi kam bo'lib o'ynagan paytlarimzida gol qo'yib yubordik. Boshqa xatolar ham bo'lgandi, ammo bu psixologik jihatdan tasirini o'tkazdi deya olmayman. Oldinda bizni navbatdagi tur uchrashuvlari kutib turibdi, tayyorgarlikda davom etamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика