So’nggi yangiliklar

00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 00:21ЕЧЛ. "Боруссия Д" – "Интер", ПСЖ – "Ньюкасл" ва бошқа эътиборли учрашувларнинг бошланғич таркиблари маълум  0 00:10ЕЧЛ. "Барселона" – "Копенгаген". Таркиблар аниқ!  1 00:02ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ!  7 23:56ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Галатасарой". Ҳусанов асосий таркибда!  6 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  1 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  7 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  5 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  20 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  38

Ivan Boshkovich: “Hozirdan "Nasaf”ni chempion deya olmaymiz" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: “Hozirdan "Nasaf”ni chempion deya olmaymiz"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “So'g'diyona” (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'ldi. Mezbonlar bizga butun uchrashuv davomida qattiq qarshilik ko'rsatishdi. Ikkinchi qavatda urinib ko'rdik, “Qizilqum” havodan kelgan to'plarga ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Hujumlarimizning ikkinchi tempi u qadar yorqin chiqmadi. SHunday bo'lsa ham biz jamoaviy futbol namoyish etdik. Har qanday ochko muhim. Navbatdagi uchrashuvlar oldidan bugungi o'yinda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- “Qizilqum”ning jadvaldagi o'rnidan kelib chiqsak, jamoangiz katta qiyinchilik bilan durang natija qayd etgani siz uchun normal holat hisoblanadimi?

- Hozir turnir jadvaliga qaraydigan vaqt emas. Aniq xulosani mavsum yakunida jadvalda jamoalarning egallagan o'rniga qarab berish mumkin. Hozirgi jadvalni o'zgarib ketmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. “Qizilqum” yaxshi jamoa, aytib o'tganimdek, bugungi o'yinda bir ochko bo'lsa ham oldik.

- Bugungi natijadan so'ng jamoangizning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- “Nasaf” chempion bo'ladi deb hozir ayta olmaymiz, bu futbol. Imkoniyat bormi, harakat qilamiz, navbatdagi o'yinlarga yanada jiddiy tayyorgarlik qilamiz. Hozir chempionatda har bir o'yin oson o'tayotgani yo'q. Jamoaviy ahillik bilan harakat qilishimiz kerak.

- Darvozabon Muhammadyusuf Sobirov bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. So'nggi uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsatib kelayotgandi. Buning sababi nima?

- Sobirov terma jamoaga jalb etildi. SHuningdek, jarohatidan tiklanish uchun ham vaqt zarur bo'ladi. Jismoniy jihatdan tiklanib olishi kerak.

- Bugun maydonga tusha olmagan Xondamir va Yovovichning o'rinlarini qanday to'ldirdingiz? Ularning o'rnida o'ynagan futbolchilar o'zlarini oqlashdimi?

- Yovovich yaxshi futbolchi. Bilasizlar, terma jamoaga jalb etildi. Xondamir ham asosiy tarkibda o'ynab kelayapti. Jamoada har bir futbolchi doim o'yinga tayyor bo'lishi kerak. Uzun mavsum, yo'qotishlar, jarohatlar yuzaga kelishi mumkin. Barchaga imkoniyat beryapmiz. Yoshlar o'zini ko'rsatishlari kerak. Jamoa mentalitetida xarakter shakllanishi lozim, bir futbolchi butun mavsum davomida to'liq o'ynamasligi mumkin, futbolda rotaciyalar uchrab turishi normal holat.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика