So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

Ivan Boshkovich: "Bir-ikki yil katta futbolda o'ynagan futbolchini yosh deb bo'lmaydi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bir-ikki yil katta futbolda o'ynagan futbolchini yosh deb bo'lmaydi"

Superliganing qoldirilgan 14-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "So'g'diyona" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinga alohida yondashuv asosida tayyorgarlik ko'rgandik. Kuchli raqib maydonida oson o'yin bo'lmasligi malum edi. Maydon holati ham aytarli darajada yaxshi emasdi. "Neftchi" bilan birinchi davrada to'qnash keldik, kubokda uchrashdik, jamoaning qanday imkoniyatlari bor ekanini bilardik. Yigitlar xarakter ko'rsatishdi. Asosiy voqealar, hal qiluvchi epizodlar ikkinchi bo'limda kechdi. Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan oldinga o'tishdi. Himoyada tartibli harakat qildik. O'z kuchimizga ishongan holda ikkinchi golni kiritdik. So'ngi daqiqalarda uchinchi golni ham urganimizdan keyin jamoadagi mehnatlarimiz zoe ketmayotganini tushundim. "Neftchi"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- Bir-ikki soat atrofidagi mashg'ulot orqali jamoani yangi maydonga qanday moslashtirdingiz?

- Men uchun yoqimli savol bo'ldi. Bilasizmi, shu maydon bizning "uyimiz". SHu maydon bizning "oilamiz". SHu orqali ishlaymiz, pul topamiz, oila boqamiz va hokazo. SHunday ekan, biz maydonga har doim moslasha olishimiz kerak, axir ishimiz shunaqa.



- Kubokdagi o'yin va bugungi uchrashuvdagi farqli jihatlarni aytib bersangiz...

- Kubok uchrashuvida ehtiyotkorlik juda yuqori edi. Har ikki jamoada ham vaziyatlar kam bo'lgandi. Bugun shularning aksi o'yin bo'ldi. "Neftchi" ikkinchi qavatda ustunlikka intildi, aytib o'tgagimdek tartibli himoyalandim. Bugungi uchrashuvda o'tgan o'yindan farqli ravishda golli vaziyatlar ko'p bo'ldi.

- Jamoangiz tarkibida yosh futbolchilar ham ko'pchilikni tashkil qiladi. Ular siz istagandek o'ynab bera olishayaptimi?

- Mashg'ulotlarda barcha birdek ishlaydi. Yoshmi, tajribalimi, futbolchi oldidagi vazifa bir xil. Biz mashg'ulotlarda ko'rib chiqib, eng tayyor futbolchilarni maydonga tushiramiz. Bir-ikki yil katta futbolda o'ynasa, o'sha futbolchini yosh deb ham bo'lmaydi, tajribalilar qatoriga kiradi.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика