So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  22 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Italyancha Golden Boy: A Seriya yosh iqtidorlari Yangiliklar

Italyancha Golden Boy: A Seriya yosh iqtidorlari

Ananaga ko'ra, iyul oyi o'rtalarida eng yaxshi yosh o'yinchiga beriladigan "Golden Boy" sovrini uchun 100dan ortiq nomzodlar elon qilindi.

O'tgan mavsum Pedri ("Barselona" o'yinchisi) mukofotga sazovor bo'lgan edi. Bu gal davogarlar orasida A Seriyaning bir nechta futbolchilari bor. Keling, bugun shu haqida gaplashamiz.


Nikola Zalevski "Roma"

CHap lateral o'tgan mavsum debyut qilib, A Seriyaning faqat bir bahsida o'ynagandi. Bu yil esa polyakka ko'proq imkoniyat berildi. U mavsumning ikkinchi yarmida asosiy tarkibdan o'rin oldi va Italiya chempionatining 16 uchrashuvida maydonga tushdi.

To'g'ri, samarali harakatlar amalga oshira olmadi, ammo Konferenciyalar Ligasida 2ta golli uzatma berdi. Nikola yaxshi tayyorgarlik ko'rgan futbolchi ekani seziladi. Biroq kelasi mavsum "Roma" chap qanotiga "muqim o'rnashib olishi" uchun ancha ter to'kishiga to'g'ri keladi. 


Feliks Afenya-Gyan "Roma"

Ganalik 2021 yil martda "Roma" akademiyasiga keldi va o'zini tezkor, chidamli va hujumning istalgan nuqtasida o'ynay olidigan futbolchi sifatida namoyon qildi. Afenya-Gyan A Seriyadagi 3-o'yinida porladi: "Jenoa"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi va dubl qayd etib, jamoasiga g'alaba keltirdi. Etiborlisi, 2003 yil tug'ilganlar orasida A Seriyada birinchi bo'lib gol urgan yigitchaga kelasi kun Joze Mourino qimmat krossovka sovg'a qildi. 


Edoardo Bove "Roma"

Rimlik Edoardo "Roma" yoshlar jamoalarining barcha bosqichlaridan o'tib, bir yil avval A Seriyada debyut qildi. Markaziy yarim himoyachi yaxshi pas bergani uchun Primaverada yuqori baholangan, bu yil esa Mourino uni asosiy tarkibga ko'proq jalb qila boshladi. Natijada, Bove A Seriyaning 11 uchrashuvida ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi. Ehtimol, kelasi yil ko'proq imkoniyatga ega bo'lar?!


Yanis Antist "Speciya"

Martinikalik 2-ligadagi ajoyib mavsumidan so'ng, 3.5 million evaziga "Tuluza"dan "Speciya"ga o'tdi. Mavsum u uchun muvaffaqiyatli o'tdi deya olmaymiz.

Antist aksariyat vaziyatlarda shoshib qolardi, ammo baribir iqtidorini sezish mumkin. Natijada Yanis 18 bahsda 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi. Kelasi mavsum undan umid katta.


Matteo Kancheleri "Verona"

"Roma" tarbiyalanuvchisi bir yil avval "Verona"ga ijaraga berilgandi, ammo o'tgan mavsum maydonga tushmadi. Ijara yana bir yil muddatga uzaytirildi va hozir ancha tajribaga ega bo'lib ulgurdi. O'ng qanot laterali A Seriya 12 bahsida maydonga tushdi va 1 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Qolaversa, Italiya Kubogida ham yaxshi o'yin namoyish etdi: gol urib, golli uzatma berdi. Matteoning ijara muddati tugagan. Xo'sh, kelasi mavsum uni qaerda ko'ramiz?


Mustafa Sisse "Atalanta"

Mustafa 2019 yil Gvineyadan Italiya tomon yo'l oldi.  SHu yilning fevralida esa "Rinashita Refyudjiz" akademiyasidan "Atalanta"ga ko'chib o'tib, bergamoliklar sharafini himoya qila boshladi: bu erda ko'pqirrali forvard istiqbolini yuqori baholashdi. Qisqa vaqt ichida u Primaveraning 11 o'yinida 11ta gol urdi, shuningdek, A Seriyada 3 marta zaxiradan maydonga tushib, 1 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Sissedan umid katta, lekin ko'proq o'ynashi mumkin bo'lgan jamoaga o'tgani maqul.


Fabio Miretti "Yuventus"

Markaziy yarim himoyachi maydonda ko'p narsa qila oladi. To'p uchun kurashda u ancha foydali, lekin sheriklariga vaziyatlar yaratib, yuqoriroqda o'ynashni ko'proq maqul ko'radi.

Miretti A Seriya 6 uchrashuvida maydonga tushgan, lekin umumiy 322 daqiqa o'ynadi. Biroq Fabio S-1 Seriyaning "Yuventus-23" jamoasida muhim o'yinchidir. U 26 o'yinda 3ta gol urgan va 4ta assist qayd etgan. Mirettining ko'tarilish vaqti keldi. SHu sababli, ijaraga ketish ajoyib variant!


Eron Xiki "Bolonya"

"Bolonya" 2020 yil 1,7 million evroga "Xarts"dan iqtidorli chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolaganida, bunday natijaga erishaman deb hayoliga ham keltirmagan bo'lsa kerak. O'tgan vaqt mobaynida Xiki asosiy tarkibning doimiy o'yinchisiga aylanib, APL vakillari etiboriga tushdi. "Nyukasl" Xiki uchun 20 million taklif qildi. Joriy mavsum Eronning hisobida 5 gol va 1 golli pas bor. SHuningdek, "Bolonya"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri sanaladi.


Raul Moro "Lacio"

"Barselona" tarbiyalanuvchisi "Lacio"ga yo'l oldi va jamoaning mashg'ulotdagi o'yinida Simone Indzagini shunchalik hayratda qoldirdiki, murabbiy darhol uni asosiy tarkibga qo'shib oldi, ko'p o'tmay ispaniyalik A Seriya o'yinida zaxiradan maydonga tushdi. Bu mavsum tezkor vinger Primavera o'yinlari bilan A Seriyada zaxiradan maydonga tushilgan uchrashuvlarni ketma-ketlikda o'tkazdi. U 11 uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi va samarali uzatmalar qayd etdi. Agar u Sarrining talablariga ko'nikib keta olsa, katta ehtimol bilan kelasi mavsum ko'proq imkoniyatga ega bo'ladi.


Radu Dregushin "Salernitana"

Iqtidorli markaziy himoyachi "Yuve"ga 2018 yil keldi va Primaverada o'zini ko'rsata oldi. Radu hattoki, 2020 yil dekabrda CHempionlar Ligasi doirasidagi bahsda zaxiradan maydonga tushishga ham ulgurdi.

O'tgan yoz u "Sampdoriya"ga ijaraga berildi, lekin ko'p o'ynamadi. Ammo qishda "Salernitana"ga borib qo'shildi, o'zini yaxshi namoyon etdi va "dengiz otlari"ga elitada qolishiga yordam berdi. Baquvvat himoyachi "2-qavatdagi" o'yinlarda ajoyib harakatlanadi, ochig'i bu borada u bilan raqobat qilish deyarli imkonsiz.


Simone Pafundi "Udineze"

Ro'yxatdagi eng yosh o'yinchilardan biri, "kichik zebralar"ning hujumkor yarim himoyachisi endigina 16 yoshga to'ldi. SHunga qaramay, Simone A Seriyada zaxiradan maydonga tushib, munosib o'yin ko'rsatdi. O'smir yigit yoshlar jamoasining 16 bahsida ishtirok etdi va 6ta gol urib, 7 golli pas berdi. Ayni damda ko'pchilikni hayron qoldirayotgan bu yigitchani kelgusida kuzatish qiziqarli bo'lishi aniq.


Matias Soule "Yuventus"

Ajoyib texnikaga ega, chap oyoqda stilistik jihatdan qaysidir manoda Dibalani eslatib yuboradigan o'ng qanot vingeri 2020 yil "Veles Sarsfild" klubida shug'ullandi. Joriy mavsum esa CHempionlar Ligasida o'zini ko'rsatib, 2ta gol va 3ta golli pas berishga ulgurdi. Ikki bor A Seriya o'yinida maydonga tushdi, ammo unga juda kam vaqt berildi. Italiya elitasining qator klublari uni ijaraga olish istagida, biroq "Yuve" qaror qabul qilishda shoshmayapti.


Destini Udogie "Udineze"

"Udineze" chap qanot himoyachisini 4 million evaziga "Verona"dan sotib olgandi. "Mastiflar" hozir afsuslanayotganiga shubha yo'q. U mavsumni yaxshi o'tkazdi, 5ta gol urdi va 4ta golli uzatma qayd etdi. Baquvvat va bo'yi baland bo'lgan lateral "kichik zebralar" raqiblariga haqiqiy "bosh og'riq" bo'lgani turgan gap.

Destini shu yozda Aleks Sandroga o'rinbosar sotib olishi mumkin bo'lgan "Yuventus"ning etiboriga tushib ulgurdi. Biroq turinliklar yaxshigina pul to'lashiga to'g'ri keladi.


Luka Romero "Lacio"

Romero o'tgan yil "Malorka"dan "Lacio"ga o'tdi va 16 yoshida o'zini ko'rsata oldi. Luka ayni damda adaptaciya bilan bog'liq qiyinchiliklarga qaramay, asta-sekinlik bilan A Seriyaga moslashmoqda. Biroq u vaqt o'tgan sari samarali harakatlarsiz bo'lsa-da, ajoyib o'yinida o'sish yaqqol kuzatilmoqda. Romeroning texnikasi va tezligi va tez fikrlashi PSJ vakillarini diqqatini ham o'ziga tortdi. Klub Messining maslahati bilan uni shu yozdayoq sotib olmoqchi.


Jorjo Skalvini "Atalanta"

2015 yil markaziy himoyachi Bergamo shahridagi akademiya tomon yo'l oldi va o'zini ko'rsata oldi. Jorjo barcha yoshdagi jamoalarda sardor bo'ldi va Italiya o'smirlar termasiga chaqirildi. Bu mavsum asosiy tarkib uchun muhim qadamni tashlay oldi: 18 o'yinda ishtirok etdi va 1ta gol urdi. Manchini ham uni Millatlar Ligasi bahslariga chaqirgani bejizga emas.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика