Italiyaning nomdor nashri: SHomurodov "Yuventus"ga o'tishi mumkin
08 jan 2021 12:13
Yangiliklar


Italiyaning nomdor nashri: SHomurodov "Yuventus"ga o'tishi mumkin
"Jenoa"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov Turinning "Yuventus" klubiga o'tishi mumkin.
Bu haqda Italiyaning eng nomdor nashrlaridan biri Tuttosport xabar bermoqda.
"Yuventus" hujumchi Alvaro Morataga zaxira varianti sifatida o'yinchilar qidirish harakatiga tushgan. Etiborlisi, "Jenoa" hujumchisi Eldor SHomurodov turinliklarning transfer maqsadlaridan biridir.
Futbolchi joriy mavsum "Jenoa" safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar