So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Italiyaning kelajagi porloq. Uning ismi - Federiko Keza Yangiliklar

Italiyaning kelajagi porloq. Uning ismi - Federiko Keza

Bolakay taxminan uch yoshlarda edi...

XXI asrning boshlarida Italiya futboli, A Seriyaga etibor qay darajada bo'lganini yana bir bor qaytarib o'tirish shart bo'lmasa kerak. Ammo so'nggi yillarda APL, La Liga, Bundesliga futbol muxlislarini ko'proq qiziqtirayotgan, appenin yarim orollari haqida esa ko'pchilik faqat xalqaro maydonlardagi ishtiroki tufayligina xabardor bo'lib turgandi. Lekin bugun shuni takidlash mumkinki, katta auditoriyaning Italiya futboliga bo'lgan qiziqishi yana sekin-asta qaytmoqda. Yozda "Yuventus" Krishtianu Ronalduni sotib oldi va shuning o'zi ham deyarli barcha jabhada nafaqat klub, balki umuman mamlakat futboli rivojiga o'z tasiri o'tkazmay qolmadi. SHu o'rinda "Inter", "Milan" va "Lacio" klublari ham ancha o'ziga kelib qolganligini takidlash lozim. "Napoli" murabbiyi almashgan bo'lsada, g'alaba qozonishdan to'xtab qolgani yo'q.

Biroq mamlakat bosh jamoasi - milliy terma jamoachi? Italiya kutilmaganda JCH-2018ga yo'llanmasiz qolib ketdi. Guruhdagi ikkinchi o'rin naqd qilingandan so'ng, jamoa o'tish o'yinlaridan o'tishiga nafaqat muxlislar, balki terma jamoaga aloqador shaxslar ham shu qadar ishongandiki, Jiji Buffon mundial uchun Italiyaning liboslarini ham keng ommaga tanishtirib ulgurgandi, ammo amalda voqealar rivoji biroz boshqacha tus oldi va ko'plab yulduzlari bor Italiya Jahon CHempionatini uyda tv qarshisida ko'rishga majbur bo'ldilar.  

Ammo buning barchasi o'tmishda va bugun siz bilan ushbu jamoa kelajagi deyilayotgan futbolchi haqida gaplashamiz.  

Bolakay taxminan uch yoshlarda edi. U atrofdagilarga umuman etibor bermay yugurib keldi va telekameralardan tortinib o'tirmay, otasi Enrikoning qo'liga sakrab chiqib oldi.

— "Fiorentina" Batistutaning o'rniga kimni oladi?
— Toldo!
— Lekin Toldo shundoq ham jamoada-ku, bizga hujumchi kerak. Kim gol uradi?
— Men!

Federiko Keza so'zining ustidan chiqdi. Oradan 16 yil o'tib, u "Binafsharanglilar" asosiy jamoasi tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazdi va 2016 yil dekabrida Evropa Ligasi doirasida "Karabax"ga qarshi o'yinda birinchi golini urdi. Hozir Keza 20 yoshda (ikki haftadan so'ng 21 ga to'ladi), va "Fiorentina" safida 12 ta gol urishga ulgurdi. Afsonaviy Batistutaning ko'rsatkichlarichalik emasdiru, ammo "Inter" va "Napoli" rahbariyati etibor qaratishi, hamda bir necha o'n milliondan joyida voz kechishi uchun etarli natija.

Yaqinda "Fiorentina" Keza bilan shartnoma muddatini 2022 yilga qadar cho'zib qo'ydi va endi futbolchi bir mavsum uchun 1,7 million evro maosh oladi – jamoada undan ko'p maosh oladigan o'yinchi yo'q. "Yuventus" va "Milan" kabi A Seriya gigantlari uchun arzimagan summa, lekin shu o'rinda "Empoli"ning maoshlar uchun ajratgan pulining o'ndan bir qismi. Maoshining oshirilishi – agentning talabi emas, Federikoning unday "do'sti" yo'q. Kezaning "xujjatli ishlari" bilan otasi shug'ullanadi.

Yoshlar jamoalari murabbiylari hech qachon Enrikoga o'g'li professional futbolda o'z o'rnini topib, yulduz bo'la olishiga ishonch bildirishmagan. SHu sabab "Plan B" ham o'ylab qo'yilgan, hamda Federiko Florenciyadagi Xalqaro maktab bitiruvchisi - u erda asosan chet elliklar tahsil olardi. Hamda universitetga o'qishga kirgan.

"Darslar ingliz tilida o'tilar va tizim ham italyan maktablaridan farq qiladi. Men nisbatan open-minded bo'ldim, – deydi futbolchi. – Menga malum fanlar yoqadi, sayyoramiz qanday tuzilganiga qiziqaman. Menimcha, futbolchi bo'lmaganimda, fizik bo'lib ketardim». Futbolchidan kamdan-kam bunday gaplar eshitasiz, ammo Keza o'z uslubida.

"Meni tatuirovkalarim yo'q, bo'lmasa ham kerak – hozir deyarli hamma faqat tashqi ko'rinishi, imidji bilan ovvora bo'lib qolgani yoqmaydi. Menga qimmat mashinalar kerak emas, Porsche Cayenne rulida meni ko'rmasligingiz aniq. Faoliyatim davomida biror narsaga erishdimmi? Albbatta yo'q. Otam aytadilarki, A Seriya futbolchisi nomiga sazovor bo'lish uchun kamida 300 ta o'yin o'tkazish zarur…».

Rasmda Enriko Keza Italiya terma jamoasi libosida

Enriko talabni bu qadar baland qo'yishining sababi bor albatta. U "Sampdoriya", "Kremoneza", "Parma", "Fiorentina", "Lacio" va "Siena" safida 380 ta o'yinda maydonga tushgan va 138 ta gol urgan. Keza "Parma" bilan UEFA Kubogiga ega chiqqan, ikki bor Italiya Kubogi ("Parma" va "Fiorentina" safida) va 17 bor terma jamoa libosida maydonga tushgan.
Bor yo'g'i 17 tami (?) deyishga shoshilmang: Ravanelli, Dzola, Del Pero, Inzagi, Vieri, Totti, Montella, Kaziragi, Badjo – 1996 yildan 2001 yilgacha, Enriko "Skuadra Adzurra" safiga taklif qilingan davrdagi futbolchilar/raqobatchilar ro'yxati bu. O'g'liga osonroq. Italiya kichik inqiroz ko'chasiga kirib qolgan va yosh Keza – jamoada navbatdagi avlodlar almashinuvida termaning etakchisiga aylanishi hech gap emas.

Milliy jamoaga uni ilk bor Jampero Ventura chaqirdi, lekin bu o'quv yig'inlari edi – murabbiy tarkibga kirish uchun nomzodlarni ko'rib chiqayotgandi. Vaqtinchalik murabbiy Luijji Di Byadjo esa Kezaga debyut uchrashuvi o'tkazish imkonini yaratib berdi, Argentinaga qarshi bahorda o'tgan o'yinda (0:2) futbolchi ilk bor Italiya termasi safida maydonga tushdi, Millatlar Ligasi saralashida esa Roberto Manchini Federikoga asosiy tarkib futbolchisi sifatida ishonch bildirdi. "U – unikal futbolchi", – deya Kezani maqtagandi Manchini Polsha bilan o'yindan oldin (1:1). "Fiorentina" vingeri bunga munosib javob berdi va murabbiy debyutini qutqarib qoldi, zaxiradan maydonga tushib, penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi.  


Ukrainaga qarshi o'yinda Keza asosiy tarkibdan joy olsa ajabmas – A Seriya starti Federiko uchun omadli keldi. Sakkizinchi turdan so'ng futbolchi ikki bor gol urdi va bir bor sherigiga golli uzatma etkazib berdi. "Fiorentina"da zarba berish (25) va xavfli vaziyat yaratish (15) borasida etakchi, chempionatda esa – driblingni omadli ishlatishda (21).

Muxlislarning aksariyati terma jamoada avlodlar davom etishini kutishmoqda. "Otamning deyarli barcha gollarini ko'rganman, ularning ko'pi "YouTube"da bor. O'yin uslubini sinchkovlik bilan o'rganganman, ammo o'rtamizda katta farq bor. Ishonchim komil, men A Seriyada familiyam tufayli o'ynamayapman. Bu professional sport va bu erda barchasiga mehnatingiz orqali erishasiz. Otangizning o'g'li bo'lganingiz uchungina maydonga tushsangiz, ishoning, uzoqqa bora olmaysiz", – deydi Federiko.

"Otam menga juda ko'p maslahat beradi. U yoki bu vaziyatda o'zini qanday tutish, raqiblar va hakamni hurmat qilish borasida gapiradi, ammo qanday o'ynashni o'rgatmaydi. Bu murabbiyning ishi".

Keza – hozirgi termada eng kichigi. Nikola Barella ("Kalyari") – qaxramonimiz bilan tengdosh, lekin sakkiz oylik katta. Barella bugun debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin, lekin terma jamoada muqim joy topishi biroz mushkul. Sababi maydon markazida ijrochilar etarli. Federiko esa hozirning o'zidayoq asosiy tarkibdan joy band qilib qo'yishga qodir – JCH-2018 saralashidagi omadsizlikdan so'ng, Italiyaning obro'sini tiklash yo'lida Manchini keskin qarorlar qabul qilishiga to'g'ri keladi, birinchi navbatda hujum chizig'ida.

"Men hamon professional futbol olamiga ko'nikolmadim. Uchinchi yil shu darajada to'p tepayotgan bo'lsamda, gol urganimdan keyin qaerga yugurishni, umuman nima qilishni bilmay qolaman bazida". 


Muxlislar uchun barchasi ancha oson. Ular uchun Federiko yulduzga aylanib ulgurgan. Otasi Enriko esa buni tan olishdan boshqa yo'li yo'q – yangi avlod uchun aynan Federiko Keza kumirga aylangan. "Yaqinda Federiko bilan shahar ko'chalari bo'ylab aylanib yurgandik, ishqibozlarning bir guruhi yonimizga yugurib keldida, undan dastxat. Keyin menga qarashdi. Siz uning dadasimisiz? Siz ham imzo qo'yib bering!".


Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика