Italiyani Jahon chempionatisiz qoldirgan murabbiy nihoyat ishdan ketdi
16 noy 2017 09:40
Yangiliklar
Italiyani Jahon chempionatisiz qoldirgan murabbiy nihoyat ishdan ketdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura o'z lavozimidan bo'shatildi.
69 yoshli Ventura boshchiligidagi Italiya 60 yilda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Dushanba kuni italyanlar SHveciya bilan o'z maydonida 0:0 o'ynab mundialga chiqa olishmadi. Ilk o'yinda SHveciya 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Venturaning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan edi. SHartnoma buzilgani uchun murabbiyga €700 ming tovon puli beriladi. Ventura 2016 yildan buyon Italiya bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. Uning qo'l ostida "Skuadra Adzurra" 9ta g'alaba, 4ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etdi.
Fikrlar