So’nggi yangiliklar

13:22Собиқ клубини жазолаган ҳимоячи ГАЛЕРЕЯ  0 13:13Афсуски, 4 кун олдин майдонда хушини йўқотган 27 ёшли футболчи вафот этди  0 12:34Ким чемпион бўлади? "Ман Сити" ёки "Арсенал"? "Ливерпуль" тўртталикка ҳам кирмайди? Каррагер ва Невилл батли  1 12:11Ҳайдаров: "Хоразм"га гол уриш осон эмас"  0 11:47"Мағлубият учун айбни ўз зиммамга оламан"  3 11:17Мексикани ўзига қаратган Аббосбек Махсталиев ва Бобур Давлатов ҳозир қаерда?   7 11:08Европанинг бир қатор топ клублари қизиққан Аргентина олимпия терма жамоаси аъзоси фаолиятини Россияда давом эттиради  1 10:54"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - 11 ёшли Амаль ва Амир Насибуллаевлар  0 10:39Криштиану Роналду навбатдаги совринини қўлга киритди  3 10:10Даниеле де Росси Шомуродов борасида бир қарорга келди  23 09:43"Ал Насср"ни ТОП мураббий бошқариши мумкин. Буни шахсан Роналду истамоқда  6 09:15Чемпионлик учун жиддий курашни мақсад қилган "Атлетико" навбатдаги трансферини расман эълон қилди  1 08:47"Челси" яна бир ҳужумчи учун 50 миллион фунт тўлашга тайёр  1 08:19"Барселона" ҳимоячиси жиддий жароҳат олди ва узоқ муддатга сафдан чиқди  8 07:53«Ливерпуль» ёзги трансфердаги илк харидини амалга оширди  2

Italiyalik futbolchilarning Angliyadagi sarguzashtlari Yangiliklar

Italiyalik futbolchilarning Angliyadagi sarguzashtlari

SHu yil yozda A Seriyaning ikkita iqtidorli hujumchisi APLga o'tdi.

Moyze Kin "Everton" safini to'ldirdi, Patrik Kutrone esa "Vulvervxempton" futbolkasini kiydi. Tarixga nazar solsak, italiyaliklarning Tumanli Albionga omadli safarlariga ham, omadsizlariga ham etarlicha misol ko'ramiz. Nazarimizda, hozir ularni yodga olishning ayni vaqti. Etiborlisi, Italiyadan Angliyaga kelganlar orasida, hujumchilar (hujumga yaqin o'ynaydiganlar) ko'proq omadga erishgan. Boshqa tomondan, Italiyaning eng mashhur himoyachilari APLga o'tishmagan ham. 


Omadlilar ligasi

Janfranko Dzola
"Kalyari" tarbiyalanuvchisi "CHelsi"ga yoshi ancha katta bo'lganida o'tgan, biroq APLdagi birinchi mavsum juda omadli keldi. Dzola "CHelsi" safida 7 yil to'p tepdi va bu vaqt ichida muxlislarning qalbidan alohida joy egallab, bir necha bor individual mukofotlarga sazovor bo'ldi. SHu bilan bir qatorda, u "CHelsi" bilan Uefa Kubogi hamda ikki bor Angliya Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan. U 2003 yil "aristokratlar" safida so'nggi o'yinini o'tkazganida, butun stadion tik turgan holda unga qarsak chalgandi. Ha aytgancha, aynan Dzola o'tgan asr "CHelsi"ning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan va 25-raqam ostida o'ynagan. Djanfranko "aristokratlar" safida 229 uchrashuvda maydonga tushdi va 59 gol urishga erishdi.

Janluka Vialli
Vialli 1996 yil "Yuventus"dan Angliya tomon yo'l oldi, ammo muntazam ravishda maydonga tushmadi. 1998 yil Gullit ketganidan so'ng, kutilmaganda Vialli uning o'rniga o'yinchi-murabbiy etib tayinlandi. Ha, "CHelsi"da ana shunday voqealar ham bo'lib turadi. Eng qizig'i, Vialli qo'l ostidagi "CHelsi" 1970 yildan buyon hisoblaganda eng yuqori pog'ona — uchinchi o'rinni egallagan. Italiyalik bazi paytlar maydonga tushar va gol ham urardi. U "CHelsi"ning atigi 54 uchrashuvida o'ynagan va 21 bor darvozani ishg'ol etgan. SHu bilan birga, u "ko'klar" tarixidagi qo'lga kiritilgan mukofotlar soni bo'yicha eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri sanaladi.

Roberto Di Matteo
"CHelsi" eshiklari italiyaliklar uchun doimo ochiq bo'lgan. 1996 yilda "aristokratlar" Dzola va Viallidan tashqari "Lacio" yarim himoyachisi bilan ham shartnoma imzolaydilar. Di Matteo oz fursat ichida London klubiga moslasha oldi va maydon markazining ajralmas bo'lagiga aylandi, o'yinni nazorat qilib turdi. U tufayli "ko'klar" qator sovrinlarni qo'lga kiritdilar. Afsuski, 2001 yil u juda jiddiy jarohat oldi va faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi. Di Matteo "CHelsi"ning eng yaxshi o'yinchilaridan tashkil topgan ramziy terma safiga kiritilgan. Keyin esa murabbiy sifatida klub bilan CHempionlar Ligasi bosh sovriniga qanday ega chiqqani hali ko'pchilikning yodida bo'lsa ajabmas. Roberto "CHelsi"ning 119 bahsida to'p tepdi va 15ta gol urdi.

Karlo Kudichini
Italiyalik darvozabon 1999 yilda "CHelsi"ga keldi va 5 yil davomida "ko'klar"ning asosiy posboni bo'ldi. Karlo haqiqatdan kuchli va "CHelsi" darajasiga mos posbon edi. Petr CHex jamoaga kelganida, Kudichini zaxira o'rindig'idan joy egalladi. Biroq zarur paytlarda CHexning o'rniga maydonga tushib, munosib o'yin namoyish etardi. 2009 yil Karlo "CHelsi"ni tark etdi va 4 yil mobaynida "Tottenxem"da zaxiradan maydonga tushdi. U hech kim uchun o'ta ahamiyatli o'yinchi bo'lmadi, ammo katta hurmat-etiborga loyiq posbonlar qatoridan o'rin oldi.

Paolo Di Kanio
Hujumchi "Seltika"dan "SHeffild"ga o'tdi va u erda 43 o'yinda 21ta gol urdi. SHundan so'ng, Paolo "Vest Xem" etiboriga tushdi. U ushbu jamoa bilan Intertotto Kubogini yutdi. SHuningdek, noodatiy harakatlari (darvozabon jarohat olganini ko'rib, bo'sh darvozaga gol urmagani) bilan ko'pchilikning yodida qoldi. Albatta, Di Kanio "Vest Xem"da etarlicha gol urgan: 118 uchrashuvda 48ta gol. Keyin esa u "CHarlton"ga o'tdi, ammo u erda unchalik ham omadi yurishmadi va yana Italiyaga qaytdi.


Omadsizlar ligasi

Mario Balotelli
Balotellining Angliyadagi faoliyatini baholash biroz qiyin. Bir tarafdan, u "Manchester Siti"ning tarixiy chempionligida ishtirok etdi va 54 bahsda 20ta gol urishga erishdi. Ammo baribir so'nggisi yodda qoladi deganlaridek, "Liverpul"dagi davri juda omadsiz o'tdi. "Merdsisaydlar"ning 16 bahsida atigi bitta gol urdi va 2013/14 yilgi mavsumning eng omadsiz futbolchilaridan biriga aylandi. Biroq imkoniyatlari yuqori edi... O'shandan buyon Marioga Angliyadan taklif tushadigan bo'lsa, o'ylab ham o'tirmay rad javobini beradi.

Pablo Osvaldo
Argentinalik "roker" dunyoni hayratga soldi. U ham Tumanli Albion tomon sayohat uyushtib ko'rdi, ammo Pabloning ham u erda "ketmoni uchmadi". Faoliyatining eng cho'qqisida u "Sautgempton"ga bordi, ammo u erda aytarli ijobiy natijaga erishmadi. Osvaldo ko'p davolandi, kamdan-kam hollarda tarkibdan joy oldi. Maydonga tushgan vaqtlarida ham unchalik yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. U Angliya klubi safida 13 o'yinda maydonga tushib, 3 bora raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Biroz vaqtdan so'ng "Boka Xuniors"ga ijaraga berib yuborildi.

Bernardo Korradi
O'ndan ortiq klubda to'p tepishga ulgurgan haqiqiy sayohatchi. Korradi "Parma"dagi ajoyib mavsumidan so'ng, "Manchester Siti"dan taklif oldi. Aytgancha, u APLga avvalroq o'tishi mumkin edi, ammo "Vest Xem" o'rniga "Valensiya" tomon yo'l olgandi. O'shanda "shaharliklar" hozirgidek kuchli emas edi. Bernardo esa har qanday jamoada muntazam ravishda gol uradigandek edi, go'yo. Biroq afsuski, u "Siti"da buning uddasidan chiqolmadi. 25 o'yinda Korradi atigi 3ta gol urdi. SHundan so'ng yana vataniga qaytib ketdi, Angliya haqida esa boshqa o'ylamaslikka qaror qildi.

Alberto Akvilani
"Liverpul" vaqtida Alberto Akvilanini Xabi Alonsoga o'rinbosar sifatida ko'rgandi. Aqlli yarim himoyachi jismoniy kuch, kurashlarga boy APL talablariga tayyor emas ekan. Futbolchi jismonan baquvvat emas va chidamlilik borasida ham uni o'rnak qilib bo'lmasdi. Akvilani uncha-muncha klubda joyini topib keta olardi, lekin o'sha paytdagi "Liverpul" safida futbolchi bor yo'g'i 18 uchrashuv o'tkazdi, 1ta gol urdi va uyga qaytish kerakligini tushunib etdi. "Liverpul" ushbu transfer butkul omadsiz ekanligini tan olishdan boshqa chorasi qolmadi va Albertoni sotishdan aytarli pul ham ishlay olmadi. Futbolchi esa keyinchalik Ispaniya va Portugaliyada muxlislarni o'zining o'yini bilan xushnud etdi.

Davide Zappakosta
Bu o'ringa boshqa nomzodlar ham etarli edi. Misol uchun, Matteo Darmin yoki Emerson Palmeri... Lekin Zappakosta voqeasi qolganlardan alamliroqdek. Sababi futbolchi "CHelsi"ga Italiyaning eng iqtidorli laterali sifatida kelgandi. Ammo APLdagi ikki mavsum davomida bundan asar ham qolmadi. Antonio Konte vaqtida Zappakosta vaqti-vaqti bilan maydonga tushib turgan bo'lsa, Mauricio Sarri kelgach, u butkul zaxiraga "mixlandi". Afsuski Zappakosta "Sarribol"ga umuman to'g'ri kelmadi. Lekin Frenk Lempard Davide uchun maqul variant topishiga umid yo'q emas. Ikki yil davomida futbolchi "aristokratlar" safida bor yo'g'i 24 o'yinda ishtirok etdi va ana endi yangi murabbiy bilan boshlanadigan mavsum hal qiluvchi bo'lishi mumkin.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика