Italiyalik futbolchi Parijga uchib keldi. U tez orada PSJ bilan shartnoma imzolaydi
11 sen 2020 14:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591498_original.jpg)
![](/upload/storage/591498_220.jpg)
Italiyalik futbolchi Parijga uchib keldi. U tez orada PSJ bilan shartnoma imzolaydi
"Roma" himoyachisi Alessandro Florenci PSJga o'tishga yaqin.
Futbolchi bugun francuz klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tish maqsadida Parijga uchib keldi.
Florenci bugun "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolaydi, ijara bitimi bitta mavsumga mo'ljallangan.
Himoyachi professional faoliyatini "Roma"da boshlagan. Florencini 2019/20 yilgi mavsumda "Valensiya" ijaraga olgan. Alessandro ispan klubi tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar