Italiyaga qarshi o'yindan oldin Portugaliya termasida yo'qotish bor
09 sen 2018 13:20
Yangiliklar
Italiyaga qarshi o'yindan oldin Portugaliya termasida yo'qotish bor
Portugaliya termasi himoyachisi Rafael Gerreyru Italiya termasiga qarshi uchrashuvda qatnashmaydi.
Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda. Futbolchi jarohatlangan va uchrashuvda qatnasha olmasligini shifokorlar aniqlab olishgan. Gerreyru yaqin orada "Borussiya" safiga qaytadi.
Portugaliya termasida ayni damda Krishtianu Ronaldu ham yo'q. U termadagi faoliyatini vaqtincha to'xtatib turibdi.
Fikrlar