So’nggi yangiliklar

21:00Миллатлар лигаси. Англия ва бошқа терма жамоалар иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  2 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  7 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  0 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  5 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  0 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  6 17:192015 йилдан бери трансферларга энг кўп пул ишлатган клуб номини биласизми?  6 17:05Мундиал-2026. Рустам Ашурматов билан Қозондаги катта интервью   1 16:26Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Вьетнамни таслим қилди  4 16:13"Локомотив" футболчиси бир ярим йил ичида ЙҲХ қоидаларини 703 марта бузгани учун атиги 15 кунга қамалиши мумкин  2 15:48Родри: "Мен ижтимоий тармоқлар ёки 400 фунтлик кроссовкаларга қизиқмайман. Мен..."  1 15:4211 та гол урилган Ўзбекистон - Бразилия баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:14Жаҳон чемпионатида 52та ўйин кўрамиз  2

Italiyada yangi chempion?! "Yuventus" hukmronligiga barham beriladi-mi? Yangiliklar

Italiyada yangi chempion?! "Yuventus" hukmronligiga barham beriladi-mi?

A Seriyadagi ishlar qizg'in tus olmoqda.

— Agar "Yuventus" bo'lmasa, unda "Lacio";
— Agar "Inter" bo'lmasa, unda "Lacio".

"Roma" muxlislaridan bu kabi gaplarni eshitish etti uxlab hech kimning tushiga ham kirmasa kerak. Biroq "Inter" va "Yuventus" o'rtasidagi asosiy raqobat ikkisidan birini Italiya chempioniga aylantirishi mumkin. Ammo Simone Indzagi jamoasini chempionlikni qo'lga kiritishida davogar deyish mumkinmi?

Yaqin-yaqingacha Italiya futbolini qayta tiklash haqida gapirayotgan edik, ammo endi mamlakatda tartibsizlik yuzaga keldi. Italiyaga koronavirus kirib kelgani futbolga ham o'z tasirini ko'rsatmay qolmadi. O'ndan ortiq o'yinlar qoldirildi, bazilari tomoshabinsiz o'tkaziladigan bo'ldi. So'nggi malumotlarga qaraganda, Italiyada bu kasallikka chalinganlar soni 2263ta (o'tgan kundan 428ta ko'p), qurbonlar soni esa 79taga etdi.

Ushbu vaziyat esa "Inter", "Yuventus" va "Lacio" o'rtasidagi "jang"ga salbiy tasir o'tkazdi. Bazi jamoalarning bahslari o'tkazildi, bazilari esa qoldirildi. Ayni damda bir oy davom etadigan har qanday sport tadbirlarini to'xtatib turish muhokama qilinmoqda. "Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta chempionat haqidagi fikrlarini aytib, agar shu yo'sinda davom etsa oxiri yaxshi bo'lmasligini takidladi.

Italiya chempionati haqiqatdan qil yoqasida turibdi, jamoalarning ham rejalari puchga chiqmoqda. Ushbu vaziyatda "Lacio"ning so'nggi g'alabasi ("Bolonya"ga qarshi bahs) ko'p muhokama qilinmadi. Lekin A Seriya peshqadami bo'lib ulgurgan "burgutlar" haqida gapirishga gap ko'p edi. "Yuventus" zaxirasida bitta o'yin bor, "Inter"da esa — 2ta. Aftidan, "Lacio" chempionlik kurashiga chindan jiddiy bel bog'lagan.

"Lacio" bu mavsum erishgan yutuqlari bilan maqtovga sazovordir. "Burgutlar" Skudettoga ega chiqishlari uchun imkoniyatlari etarli. SHunday bo'lsa-da, "Yuventus" chempion bo'lish uchun hamon favorit hisoblanadi. "Lacio" ikkinchi davra uchrashuvida "Olimpiko" stadionida "neradzurri"dan alamini olishga muvaffaq bo'ldi, "Yuventus" esa ikki marta mag'lub etildi, 2-g'alaba Indzagi jamoasiga Italiya Superkubogini olib keldi.

"Lacio" 2005 yildan buyon o'zining "eng yaxshi finishiga" tayyorgarlik ko'rayotgandi. Sizga malumki, "burgutlar" Italiya futboli elitasida ikki bor zafar quchganlar, oxirgi g'alaba 1999-2000 yilgi mavsumda qayd etilgandi. Qizig'i shundaki, jamoa murabbiyining so'zlariga qaraganda, o'sha paytdagi chempion klub bilan hozirgi jamoaning o'xshash tomonlari ko'p ekan.

"Mavsumoldi tayyorgarlikdan so'ng o'zimga bo'lgan ishonchim yuqori edi, chunki jamoamdagi yigitlar nimaga qodirligini aniq bilardim. Hozir o'sha vaqtdagi chempionlik mavsumiga o'xshash muhitni ko'ryapman. Yigitlar bir-biriga mehribon, har kuni o'nlab muhim qarorlarni qabul qilishga majbur bo'layotgan murabbiy haqida qayg'urishadi. 1999/00 yilgi mavsumda Sven-Yoran Erikssonga quloq solardik, uning barcha fikrlariga hurmat bilan qarardik".

"Lacio" murabbiyi Simone Indzagining jasurligi ko'pchilikni lol qoldirdi. Bugungi kundagi "Lacio" — butunlay uning mehnati va xizmati. U har bir o'yinchisidan etarlicha yuqori natija olishga muvaffaq bo'ldi. Ko'pchilikka malum, bugungi kunda "burgutlar" eng kuchli mudofaa chizig'i bo'yicha ikkinchi ("Inter"dan keyin), eng yaxshi hujum chizig'i bo'yicha ham ikkinchi ("Atalanta"dan keyin) pog'onani egallab turishibdi. Bu esa Indzagi jamoasiga qoyil qolish uchun asosiy sabablardan biridir.

Ushbu mavsumda CHiro Immobile ajoyib o'yin namoyish etmoqda. "Lacio" hujumchisi A Seriyaning 26 bahsida 27ta gol urishga erishdi. Natijada Italiyaning asosiy to'purarlaridan ancha ilgarilab ketdi: Krishtianu Ronaldu (21) va Romelu Lukaku (17). Ammo u Italiyada etakchi o'yinchilardan biri bo'lishiga qaramay, Evropada hali ham oqsamoqda. CHiro har 72 daqiqada gol uradi. Bu ko'rsatkich Mbappe, Neymar va Levandovskinikidan yaxshiroq, lekin italyanlar ko'pincha mamlakat tashqarisidagi uchrashuvlarda ko'p muammoga duch keladilar.

Masalan, Immobilening Dortmund "Borussiya"si va "Sevilya"dagi natijalari u jahon standardlariga javob bera oladigan top-hujumchi ekanini isbotlashga imkon bermaydi. U "arilar" safida 10ta, ispan klubida esa atigi 4ta gol urishga erishgan. Bu esa "Lacio" hujumchisi o'tmishida o'chmas iz qoldirgan. Futbolchi Rimga ko'chib o'tishi har ikki tomon uchun eng maqbul yo'l bo'lgan edi. Immobile 2016 yil "Lacio" tarkibiga qo'shildi va o'sha vaqtdan buyon umumiy 116ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va to'purarlar ro'yxatida Simone Indzagi hamda Miroslav Klozeni ortda qoldirib ketdi.


Etakchilar ro'yxati
A Seriya

Bunga qo'shimcha ravishda, "Lacio" xujumga o'tishda ideal balansni topa oldi. Serbiyalik Milinkovich-Savich jamoadoshi Luis Albertoning ishini osonlashtirib, har ikki tomonda ham yordam bermoqda. A Seriyaning joriy mavsumida uning hisobida 12ta golli uzatma bor, Alexandro Gomes va Lorenco Pellegrinidan 4ta ko'p.

"Lacio" A Seriyaning 21 o'yinidan buyon hali mag'lub bo'lmadi. Rim klubi Italiya Kubogidan chiqib ketdi, bu esa "burgutlar" bor etiborini milliy chempionatga qaratishi va turli bahslarda (CHempionlar/Evropa Ligasi, Italiya Kubogi, A Seriya) ishtirok etayotgan raqiblaridan o'zib ketishiga yaxshigina imkondir.

Indzagi "Lacio"ning haqiqiy qahramoni bo'lishga yaqin turibdi. Agar Rim klubi sovringa ega chiqib, Italiya chempioni bo'lsa, u qahramonga aylanishi aniq. Simone "burgutlar" safida futbolchi sifatida ajoyib o'yinlar namoyish etgan. Hozir esa murabbiy sifatida nimaga qodirligini sinovdan o'tkazishning ayni vaqti. Agar "Lacio" mamlakat chempionatida g'oliblikka erishsa, "Yuventus" hukmronligiga barham berishi mumkin — Italiya futbolida eng kutilayotgan voqealardan biri. Xo'sh, "Yuventus" va "Inter" chempion bo'lmasa, u holda kim? Albatta, "Lacio"!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика