Italiyada porlayotgan o'yinchiga "Borussiya" qiziqmoqda
29 sen 2018 11:58
Yangiliklar
Italiyada porlayotgan o'yinchiga "Borussiya" qiziqmoqda
"Jenoa"ning polshalik hujumchisi Kshishtof Pentekka Dordmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda "salciomercato" xabar berdi. 23 yoshli forvard 3 oy oldin Polshaning "Krakoviya" jamoasidan 4,5 million evro evaziga Italiyaga kelgan edi. U hozirning o'zidayoq katta shovqin ko'tarishga ulgurdi. Mavsumning dastlabki 6 o'yinida 10ta gol urdi (gollaridan 4tasini "Lechche"ga qarshi Italiya kubogida urdi).
"Borussiya" Pentekni yanvardayoq sotib olishga urinib ko'rmoqchi.Polsha va Italiya nashrlari uni Robert Levandovskiga tenglashtirishmoqda. Ularni nafaqat gol urishlari, balki o'yin uslublari ham o'xshashib ketadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar