Italiyada mashg'ulot o'tkazish taqiqi 27 aprelgacha uzaytiriladi
10 apr 2020 21:55
Yangiliklar


Italiyada mashg'ulot o'tkazish taqiqi 27 aprelgacha uzaytiriladi
Italiya Olimpiya qo'mitasi rahbari Jovanni Malagoning takidlashicha, futbol klublari uchun mashg'ulot o'tkazish cheklovi kamida 27 aprelga qadar uzaytiriladi.
"Men sport vaziri Vinchenco Spadafora bilan doimiy aloqada bo'lib turibman. Hukumat mashg'ulotlarni taqiqlovchi qaror tayyorlamoqda. U kamida 27 aprel yoki 1 mayga qadar amal qiladi.
CHempionat g'oliblarini aniqlashga kelsak, bu borada hech narsa menga bog'liq emas. Bu federal kengashning vakolatiga kiradi", — deydi Malago "Football Italia" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Italiyada ham koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat bahslari tugatilgan, barcha futbolchilarga o'zini o'zi yakkalab qo'yish tavsiya qilinmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar