Italiyada chempionat bekor qilinishi xavfi ostida qolmoqda
08 mar 2020 17:57
Yangiliklar


Italiyada chempionat bekor qilinishi xavfi ostida qolmoqda
Italiya futbol federaciyasi hali ham mamlakat sport vazirining talabini bajarmayapti. Ushbu uchrashuv soat 16:30da start olishi kerak edi. Futbolchilar o'yin oldi mashg'ulotlarini ham o'tkazishgandi. Biroq hukumat vakili Vinchenco Spadafori kelib, o'yinni to'xtatdi. U ushbu mavsumdagi barcha o'yinlarni bekor qilinishi kerakligini talab qildi.
Jamoalar kiyinish xonasiga qaytib ketishdi. Uchrashuv to'xtatildi. Italiya futbol federaciyasi vakili ham o'yinga tezkorlik bilan etib keldi va qaror qabul qilindi: chempionat davom ettiriladi.
Uchrashuv 17:45da start oldi. O'yinni birorta ham muxlis tomosha qilmayapti.
Futbol federaciyadagilar hali ham o'z qaroridan qaytmagan va sport vaziri bilan chempionatni to'xtatish va bekor qilish borasidagi muzokaralarni o'tkazmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar