Italiya terma jamoasi va "Roma" sobiq himoyachisi 31 yoshida faoliyatini tugatdi
10 sen 2022 13:16
Yangiliklar
Italiya terma jamoasi va "Roma" sobiq himoyachisi 31 yoshida faoliyatini tugatdi
Mashhur italiyalik himoyachi Davide Santon doimiy jarohatlar tufayli 31 yoshida faoliyatini yakunlaganini malum qildi.
"Faoliyatimni tugatishga majburman. Bu takliflar kamligidan emas, balki zamonaviy futbol bosimiga dosh berolmayotganimdan. Ketishni istamayman, lekin shunga majburman. Agar men o'ynashda davom etsam, nogiron bo'lib qolishim xavfi bor.CHap tizzam deyarli yo'q bo'lib ketdi. Va uch marta operaciya qilingan o'ng tizzamni buksam, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin", – dedi Santon.
31 yoshli Santon "Inter", "CHezena", "Nyukasl" va "Roma" klublarida o'ynagan. Italiya terma jamoasi safida 8 ta o'yin o'tkazgan. 2 karra Italiya chempioni, 2 karra Italiya Superkubogi sohibi, Italiya Kubogi sohibi, CHempionlar Ligasi g'olibi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi.
Fikrlar