Italiya Superkubogi uchun kurash boshlandi

Omonjon To`xtamirzayev
16 yanv 2019
Bugun Italiya Superkubogi uchun "Yuventus" va "Milan" o'rtasida bahs bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvda "Yuventus" favorit hisoblanadi. "Keksa sinora" ichki chempionatining birorta o'yinida ham mag'lub bo'lmadi.

Italiya Chempionatida turinliklarga teng keladigani yo'q. Allegri shogirdlari 19ta turdan 17tasida g'alaba qozonib, "Jenoa" va "Atalanta" bilan durang o'ynadi, xolos. Eng kam gol o'tkazib yuborgan (11ta) jamoa,  38ta gol urdi. Buni taqqoslaydigan bo'lsak, "Milan"da ushbu ko'rsatkich ancha past – 20ta to'p o'tkazib yuborilgan va 26ta gol. "Rossonerilar" durang o'ynashni yoqtiradi. 7ta o'yin durang natija bilan yakunlangandi.

Turinliklar hozirda ichki chempionat va Chempionlar Ligasiga ko'proq e'tibor bermoqda. Superkubokni qo'lga kiritish uchun esa jon berib kurashmasliklari mumkin. Shuning uchun, "Milan" sovringa ega chiqishi uchun imkoniyati ancha yuqori.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia