Italiya S seriyasiga tushirib yuborilgan "Palermo"da o'ynagan yulduzlar
23 may 2019 16:10
Yangiliklar


Italiya S seriyasiga tushirib yuborilgan "Palermo"da o'ynagan yulduzlar
Bu yil B seriyada ishtirok etib, uchinchi o'rinni egallagan "Palermo" A seriya yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Biroq Italiya federal sudi qarori bilan S seriyaga tushirib yuborildi. Klub sobiq rahbari Maurisio Dzamparini "Palermo"ni sotish vaqtida "pul yuvish" operaciyasini bajarganlikda ayblangani bunga sabab bo'ldi.
"Palermo" safida o'ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani taqdim etamiz.
Darvozabon: Salvatore Sirigu
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 80
Hozirgi klubi: "Torino"
Himoyachi: Andrea Barcali
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 165
Hozirgi klubi: "Yuventus"
Himoyachi: Kamil Glik
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 4
Hozirgi klubi: "Monako"
Himoyachi: Simon Kyaer
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 65
Hozirgi klubi: "Sevilya"
Yarim himoyachi: Matteo Darmian
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 16
Hozirgi klubi: "Manchester Yunayted"
Yarim himoyachi: Xaver Pastore
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 82
Hozirgi klubi: "Roma"
Yarim himoyachi: Franko Vaskes
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 109
Hozirgi klubi: "Sevilya"
Yarim himoyachi: Yosip Ilichich
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 107
Hozirgi klubi: "Atalanta"
Hujumchi: Paulo Dibala
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 93
Hozirgi klubi: "Yuventus"
Hujumchi: Edinson Kavani
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 117
Hozirgi klubi: PSJ
Hujumchi: Andrea Belotti
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 64
Hozirgi klubi: "Torino"
Mana shu tarkib Italiya A seriyasida qaysi o'rinlar uchun kurashgan bo'lardi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar