Italiya OAV: "Jenoa" - "Lacio" o'yinining eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov!
04 jan 2021 18:54
Yangiliklar


Italiya OAV: "Jenoa" - "Lacio" o'yinining eng yaxshi futbolchisi - Eldor SHomurodov!
O'zbekiston forvardi ikkinchi taym boshida zaxiradan maydonga tushdi va 58-daqiqada katta masofani bosib o'tdi va "Lacio"ning bir o'yinchisini aldab, ajoyib golli uzatma (gol muallifi - Destro)ni ijro etdi.
Italiyaning etakchi nashri La Gazzetta dello Sport esa SHomurodovga barcha o'yinchilardan yuqori ball qo'ydi - 7,0.
"O'zbekistonlik futbolchi jamoa o'yinini o'zgartirib yubordi. U o'z jamoasining yarim maydonida to'pni egallab oldi va oxir-oqibat golli hujumni tashkil etdi", - deyiladi italyan nashri xabarida.
SHu bilan birga mehmonlar tarkibidagi eng foydali o'yinchi deb "Oltin butsa"ning amaldagi sohibi CHiro Immobile topildi - 6,5.
Italiya OAVning boshqa bir nufuzli nashri bo'lmish Tuttosport ham SHomurodovga eng yuqori baho qo'ydi - 7,5.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar