So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Italiya kubogi. "Yuventus" - ilk finalchi! Yangiliklar

Italiya kubogi. "Yuventus" - ilk finalchi!

Teglar :  Yuventus Milan
Italiya kubogi yarim finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Italiya kubogi. 1/2 final. Javob o'yini 

"Yuventus" - "Milan" 0:0

Yuventus – Buffon, Danilo (Kuadrado, 86), de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Matyuidi (Rabo, 62), Pyanich (Xedira, 62), Bentankur, Duglas Kosta (Bernardeski, 63), Ronaldu, Dibala.

Milan – Donnarumma, Konti (Breshiyanini, 88), Kalabriya (Laksalt, 88), Romanoli, Ker, Bennaser, CHalxanoglu, Lukas Paketa (Kolombo, 82), Bonaventura (Rafael Leau, 52), Kessie (Krunich, 82), Rebich.

Ogohlantirish: Konti (19), Pyanich (43).

CHetlatish: Rebich (16).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Yuventus" yarim finalda g'alaba qozonmasdan finalga chiqdi. "Milan" esa "Yuve"ga yutqazmasdan turnirni tark etdi. Milanliklarga bugungi o'yin uchun tashakkur bildiramiz.

90+5. UXXXXX!!! Dibalaning kuchli zarbasini Donnarumma qaytardi!

90+3. ZARBAAAAAAA!!!! Kuadradoning zarbasi noaniq ketdi.

90+2. "Yuventus" ochiqdan ochiq vaqtni cho'zish yo'liga o'tib oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Aslida bugungi "Milan" final uchun loyiqroqdek ko'rinmoqda. CHunki "Yuventus"ning o'yin saviyasi juda ham past.

85. Nihoyat, tuzukroq hujum ko'ramiz deb turganimda Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida to'pni osonlik bilan Kerga oldirib qo'ydi.

81. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA!!!! Bu safar Dibala juda kuchli va aniq zarba yo'lladi. Jijidan superseyv!

79. ZARBAAAAAAA!!! Bennaserning burchakdan oshirgan to'piga Ker boshi bilan biroz noaniq zarba berdi.

78. "Milan" standart vaziyatga ega bo'lgandi. Undan oshirilgan to'pni Sandro burchakka chiqarib yubordi.

75. "Yuve" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Ker esa yana bir bor qanday darajada ekanligini ko'rsatdi.

73. Ikkinchi bo'lim juda ham zerikarli o'tmoqda.

71. Kerning bugungi o'yiniga 8 baho qo'ysak bo'ladi. Hozir u jamoani goldan saqlab qoldi. Agarda u to'pni boshi bilan qaytarmaganida Bonuchchi gol urishga tayyor turgandi.

69. CHalxaonglu ancha charchabdi. Deyarli kurashmayapti u.

67. XAVFLI!!! Kessi bir necha paslar orqali Leaoni raqiblari jarima maydonchasi ichiga kiritib yubordi. Lekin Bonuchchi to'pni qaytardi.

65. Pyanich burchakdan to'pni oshirgandi. Biroq jarima maydonchasi ichida Bonuchchi raqibi Romanoliga qarshi fol ishlatdi.

62. "Yuve" bosimni davom ettirmoqda. Biroq zarbalar yo'q.

58. Bennaser juda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda. Bu safar u markazda to'pni oldirganidan keyin Ronaldu zarba berdi. To'p Kessiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

55. UXXXXXXX!!!!!! Kosta o'z pasi bilan Ronalduni raqib posboni bilan birga bir holatga chiqarib yuborishi mumkin edi. SHunday pallada Romanoli o'z "podkati" bilan xavfni bartaraf etdi.

53. Ronaldu ham mavsum restartiga tayyor emasdek. U ham oddiy joyda Dibalaga to'pni aniq oshirib bera olmadi.

51. Bennaser o'z jarima maydonchasi yonida to'pni Ronalduga oldirib qo'ydi. Ronni to'pni Dibalaga qoldirdi. U darvoza yonigacha yugurib keldi va zarba berdi. Kessi to'pni qaytardi.

49. Dibalaning zarbasiga aniqlik etishmadi.

48. ZARBAAAAAAAAAA!!!! CHalxanoglu boshi bilan kutilmaganda zarba yo'lladi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

47. Bennaser g'alati o'ynadi hozir. Donnarummadan to'pni qabul qilib olgan futbolchi Ronalduning taqibi ostida bir necha qadam tashlab, noaniq pas berdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga tushib kelishdi. SHu o'rinda birinchi bo'lim davomida matnli translyaciya biroz muddat to'xtab qolgani haqida: shunchaki biz O'zbekistondamiz va internetimiz doim ham yuqori tezlikda ishlamaydi)

Birinchi bo'lim yakunlandi. Ajoyib o'tgan taymda hozircha gol urilmadi.

45+2. Pyanichning uzun to'p uzatishiga Ronaldu etib bora olmadi. Darvozabon to'pga peshvoz chiqdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. XAVFLI VAZIYATTTTT!!!!!! CHalxanog'luning jarimadan uzatgan to'piga Ker va Romanoli zarba berishga chog'landi. Lekin himoyachilar ularga halaqit qila olishdi. Aks holda gol urilishi mumkin edi.39. ZARBAAAAAAA!!!! Ronalduning chap oyoqda bergan zarbasini Donnarumma ushlab oldi.

38. "Milan" hujumga o'tdi. Kalabriyaning to'p uzatishini Matyuidi qaytarib yubordi.

36. "Milan" standart vaziyatga ega bo'lgandi. Lekin Bennaserning to'p uzatishini Buffon ushlab oldi.

31. Donnarumma to'p oshirishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Ammo himoyachilar bu pallada aniq o'ynab, vaziyatni bartaraf etishdi.

28. Ronalduda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi.

26. "Yuve" ko'plab paslar davomida hujum uyushtirdi. Kostaning yakuniy zarbasi bo'sh tribuna tomon ketdi.

24. "Milan" hujumga o'tdi. Kontining zarbasi bilan bu yakunlandi. 

18. Nimalar bo'lyapti?! Rebichga qizil kartochka ko'rsatildi!

17. YO'Q!!! Ronaldu penaltidan darvozani ishg'ol qila olmadi! Uning tepgan to'pini darvoza to'sini qaytardi!

16. "Milan" darvozasi tomon penalti!!!! Konti o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagan ekan!

13. Dibalaning zarbasini Ker qaytardi. Umuman olganda o'tgan daqiqalar mobaynida "Milan"dan faqatgina Kerning o'yinini etirof eta olamiz.

11. "Milan" to'pni ushlab tura olmayapti. Jamoa ketma-ket uchta pas aniq amalga oshira olmayapti. Hozir Kalabriya oddiy joyda to'pni oldirib qo'ydi.

9. "Milan" bosimdan biroz qochib, o'yinni markazga ko'chira oldi.

6. Ammo uning zarbasi jonli devorga teggan holda burchakka chiqib ketdi.

5. UXXXX!!! Romanoli o'z jarima maydonchasi yonida Dibalani yiqitdi. Juda havfli standart! 

4. Bosim davom etmoqda. Bu safar Ronalduning o'ng qanotdan "podacha"sini Donnarumma urib yubordi. 

3. "Yuventus" hujumini davom ettirmoqda. Bu safar Bentankurning o'ng qanotdan havolatib uzatgan pasi anchagina noaniq ketdi.

2. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!! Sandro chap qanotda bir raqibini aldab o'tdi va to'pni markazdagi Duglas Kostaga uzatdi. Duglasning kuchli zarbasi noaniq ketdi. O'yin yaxshi boshlandi.

1. Uchrashuv boshlandi! Hurmatli muxlislar Italiya futboli qaytdi!

- Koronavirusdan qurbon bo'lganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlanmoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика