So’nggi yangiliklar

14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  0 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  5 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  8 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  15 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15

Italiya Kubogi. Prevyu. Ajoyib sport formasidagi "Milan" final ostonasida "Lacio"ni enga oladimi?! Yangiliklar

Italiya Kubogi. Prevyu. Ajoyib sport formasidagi "Milan" final ostonasida "Lacio"ni enga oladimi?!

Italiya Kubogi yarim final uchrashuvi haqidagi qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

Bugungi Italiya Kubogi yarim finalida "Milan" va "Lacio" o'zaro bellashadi. Bu bosqichda kurash ikki uchrashuvdan iborat bo'ladi. Ular bu yil ikkinchi marotaba yarim finalda uchrashib turibdilar. O'tgan yilgi bahsda finalga yo'llanmani "Milan" qo'lga kiritgandi. O'shanda bahs hisob ochilmay o'z yakuniga etgan va g'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlangan. Bugungi o'yin "Milan" va "Lacio"ning Italiya Kubogi doirasidagi 19-uchrashuvi bo'ladi: "rossoneri" 8 marta, “burgutlar” 7 marotaba g'alaba qozongan. O'zaro 3ta uchrashuv esa durang natija bilan o'z nihoyasiga etgan. SHuningdek, ular bu mavsum Italiya CHempionatida ham to'qnash keldilar. Rimda kechgan bahs 1:1 hisobdagi durang bilan yakunlandi.

Turnirdagi yo'li

"Lacio" 1/8 turnirda debyut qilganida, uchinchi ligadagi "Novaru"ni 4:1 hisobda mag'lub etib, Milanning "Inter"ini ortda qoldirib ketgan. Milanda qiyinchilik bilan g'alabaga erishgandi. Ularning birinchi golini qo'shimcha vaqtda Immobile urishga muvaffaq bo'lgan va o'yin rimliklar foydasiga hal bo'lgan. Lekin so'nggi daqiqalarda Radu o'yin qoidasini buzdi va raqib jamoaga penalti tepish imkoniyati berildi. Bundan Ikardi unumli foydalana oldi. Penaltilar seriyasida "Lacio"ning omadi kelib, g'alaba qozondi. 1/8 turnirida “Milan”ning raqibi A Seriya jamoasi “Sampdoriya” bo'lgan. Genuyada kechgan bahsda milanliklar g'alaba qozongan: Patrik Kutrone dubl qilishga muvaffaq bo'lgan. Jamoa chorak finalda Pentekning dubli tufayli  "Napoli"ni mag'lub etgan.

Muhim faktlar

— "Lacio" so'nggi 5 o'yinning 4tasida finalga chiqdi. O'tgan mavsumda esa “Milan”ga g'alabani boy berdi.

— Milanliklar Italiya Kubogi so'nggi ikki bahsida finalga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.Italiya ommaviy axborot vositalari malumotlariga qaraganda, "Lacio" prezidenti 

— Klaudio Lolito jamoa va mashg'ulot bazasini "o'qitvorish" uchun ruhoniyga murojaat qilgan.

— Bugungi uchrashuv hakami — Daniele Orsato. Italiyalik bu mavsum 4ta bahsni boshqardi. U qoidani buzgan futbolchilarga 23ta sariq va 1ta qizil qartochka ko'rsatdi.

Trend

• Rimda kechgan 5ta uchrashuvning 4tasida har ikki jamoa ham gol urishga muvaffaq bo'lgan.

• "Milan" barcha o'yinning oxirgi 5 uchrashuvning 4tasida g'alaba qozondi (1 durang)

• "Lacio" barcha turnirning so'nggi 10ta o'yinning 9tasida gol o'tkazib yubordi (uy uchrashuvlarida).

• Barcha turnirning so'nggi 5ta uy uchrashuvlarida "Lacio" 2 marotaba g'alaba qozondi (2 mag'lubiya va 1 durang)

Faktlar raqamlarda

2 – marta Janni Rivera ("Milan") va Juzeppe Sinori ("Lacio") Italiya Kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan.

5 – marta "Milan" milliy kubokni qo'lga kiritgan .Rimliklarning sovrini 6ta.

6 – bahsda (so'nggi 8 o'yin bo'yicha) Italiya Kubogi doirasida "Milan" gol o'tkazib yubormadi. "Rossonerilar" faqat "Yuve"dan gol o'tkazib yubordi (2017 yil yanvarda — 1:2 , 2018 yil mayda — 0:4).

Tahminiy tarkiblar

Hozir "Lacio"ning ahvoli biroz og'ir, ko'plab himoyachilari jarohat olgan. Malumotlarga qaraganda, hozir markaziy himoyaning yagona “qutqaruvchisi” Lukas Leyva ekan. “Burgutlar”ning yarim himoya bilan bog'liq asosiy muammolari yo'q. Jamoa 3-5-1-1 taktikasi bo'yicha o'ynashi kutilmoqda.

Bugungi o'yinda "Milan"da muhim yo'qotishlar yo'q. Hattoki, asosiy tarkibga Suso qaytishi mumkin. O'tgan yilgi tarkibga nisbatan, bugungi o'yinda "rossonerilar" tarkibida 2ta o'zgarish bo'lishi mumkin: Kontining o'rniga Kalabriya, Kastelexoning o'rniga Suso maydonga tushishi kutilmoqda. Gattuzo shogirdlari 4-3-3 taktikada o'ynashi mumkin.

"Lacio" — "Milan"

So'nggi vaqtlarda "Milan" hujumda ham, himoyada ham barqaror o'yin ko'rsata olmoqda. Pentek jamoani oldinla tortmoqda va gol hamda yutuqlari bilan hammani ilhomlantirmoqda. Dekabrda Gattuzoni istefoga chiqarish haqida gap-so'zlar tarqagandi. Lekin hozir bu haqida hech kim og'iz ochayotgani yo'q. "Milan" kam gol o'tkazioqda. CHempionatning so'nggi 10ta o'yinida 4tagina to'p o'tkazdi.

"Lacio" o'yinchilari orasida jarohat olganlar ko'p: ayniqsa himoyachilar. Ular ko'p gol o'tkazmoqda, hujum borasida ham biroz oqsashmoqda. So'nggi 5 o'yinda 3ta gol urib, 5 marta to'p o'tkazib yubordilar. “Lacio”ning deyarli hamma hujumchisi maydonga tushishi mumkin. Biroq bu bilan himoyadagi muammoni hal bo'lishi qiyin. Ikki jamoa ham Italiya Kubogi finaliga chiqishni xohlaydi, albatta. Ayniqsa, finalda “Yuventus” bilan to'qnash kelishmasliklarini bilganlaridan so'ng, bor kuchlari bilan o'ynashlari aniq. Lekin bugungi uchrashuvda “Lacio”ning muammolari ko'pligini hisobga olsak, “Milan” g'alaba qozonish ehtimoli yuqori.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика