So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  13 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

"Napoli" finalda "Yuventus"ni mag'lub etib, Italiya Kubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Napoli" finalda "Yuventus"ni mag'lub etib, Italiya Kubogini qo'lga kiritdi

Teglar :  Yuventus Napoli
Italiya kubogi final uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Napoli" – "Yuventus" 0:0(penaltilar seriyasi 4:2)

18 iyun, 00.00, "Stadio Olimpiko"

Napoli – Meret, Di Lorenco, Maksimovich, Mariu Ruy (Allan, 80), Kulibali, Fabian Ruis (Xyusay, 80), Demme, Insine, Zelinski, Kalexon (Politano, 66), Mertens (Milik, 67).

Yuventus – Buffon, de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Pyanich (Bernardeski, 74), Kuadrado, Duglas Kosta (Danilo, 66), Matyuidi, Bentankur, Ronaldu, Dibala.

Ogohlantirish: Bonuchchi (51), Mariu Ruy (77), Dibala (83).

YANGILASH

02:10. Futbolchilar karantin bo'lishiga qaramasdan quchoqlashib, bir-birini tabriklamoqda. Gattuzo va De Laurentis esa osmonga otildi)

- Milik: gol! Va "Napoli" - Italiya Kubogi-2019/20 sohibi! Gattuzo murabbiylik faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi!

- Remzi: Aaron ham markazni poyladi va gol urdi! 3:2!

- Maksimovich: gol!! u markazga to'pni tepdi. 3:1!

- Bonuchchi: gol!! Leonardo kuchli zarba yo'llab, ustun orqali to'pni darvozaga kiritib yubordi. 2:1!

- Politano: gol!! Buffon to'p yo'nalishini topdi va to'pga qo'li ham tegdi. Biroq zarba kuchlilik qildi! 2:0!

- Danilo: yo'q!!! Braziliyalik futbolchidan noaniq zarba! 1:0!

- Insine: gol! Buffon to'p yo'nalishini topa olmadi, 1:0!

- Dibala: yo'q, Meret to'pni qaytardi!!! 0:0!

Demak penaltilar seriyasi boshlandi!

90+3. PENALTILAR SERIYASI KO'RAMIZ!

90+2. BUFFFFFOOOOOOOOONNNNNNNNNNN!!!! B-U-F-F-O-N!! BU-FF-ON!! BUF-FON!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Kulibali boshi bilan zarba yo'lladi. Buffon to'pni chiziqda qaytardi. Qaytgan to'pga yana bir zarba berildi. Buffon yana bir seyv ko'rsatdi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. "Yuventus" endi pressingga katta etibor bergan. Umuman olganda ikki tomon ham hujumkorlikni susaytirgan.

84. Insine!!! Yaqin masofadan raqib postini to'g'ri nishonga ola bilmadi.

82. Politano boshi bilan zarba yo'lladi. Buffon esa hali ham "nafaqaga chiqmoqchi emas".

80. Gattuzo yana bir bor juft o'zgarishga qo'l urdi: Ruis o'rniga Allan, Ruy o'rniga Xyusay maydonga tushdi.

77. O'yin tizgini yana turinliklar qo'liga o'tdi.

74. "Napoli" futbolchisi yiqilib yotganini ko'rgan Dibala to'pni autga chiqarib yubordi. Bu pallada turinliklar tezkor qarshi hujumga o'tib ketishayotgandi.

72. UXXXXXXXXXX!!!! Milik daxshatli vaziyatdan foydalana olmadi. O'ng qanotdan uzatilgan pasni "Napoli"ning ikki futbolchisi o'tkazib yubordi va to'p Arkadiushga borib tushdi. Milikning kuchli zarbasi tribuna tomon uchib ketdi.

69. Dibalaning jarimadan uzatgan to'pini Meret qaytarib yubordi.

68. ZARBAAAAAA!! Politanoning zarbasini Buffon ushlab oldi.

66. Bugun umumiy 10 o'zgarish bo'lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o'zgarish esa "Napoli" tomonidan amalga oshirildi: Kalexon va Mertens o'rniga Milik va Politano maydonga tushdi.

65. Dibala markazdan juda kuchli zarba yo'lladi. To'p Meretning qo'llariga borib tushdi.

62. "Napoli"da qulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Biroq chap qanotdan uzatilgan pasni Mertens to'xtata olmadi.

57. Dibala raqibi Demmega qarshi biroz qattiq o'ynadi. Diego chimda biroz yotib, shifokorlarning yordamini olib maydonga qaytdi.

56. "Yuventus" hujumga o'tmoqchi bo'ldi. Lekin Kuadrado hujumda fol ishlatdi.

51. Ruisni to'xtatib qolgani uchun Bonuchchi ogohlantirildi.

47. Taymdagi ilk xavfli vaziyat neapolliklar tomonidan tashkil qilindi. Insine offsayddan zarba bergandi. To'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishdi.

Qiziqarli o'tgan 1-bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. BUFFFFFONNNNNNNNNN!!! Posbon 18 metrlardan yo'llangan zarbani barmoqlari uchi bilan qaytarib yubordi. 

41. BUFFFONNNNNNNNNNNN!!! Demmening yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Buffon qaytardi!!

39. XAVFLI VAZIYATTTTT!!!! Markazda Insinening xatosidan keyin Duglas Kosta to'pni egallab oldi va to'pni jarima maydonchasi ichidagi Ronalduga oshirdi. Meret o'z vaqtida to'pga peshvoz chiqdi.

38. Argentinalik futbolchining jarimadan uzatgan to'piga De Ligt boshi bilan zarba yo'lladi. Ammo zarba noaniq ketdi.

37. "Yuventus"da imkoniyat. Jarima zarbasi. To'p oldida Dibala.

35. Ronaldu "Napoli" jarima maydonchasi yonida Kulibali tomonidan yiqitildi. Ammo bosh hakam bu vaziyatda indamadi.

31. "Yuventus" uzoq vaqt davomida hujum uyushtirdi. Bonuchchi to'pni oshirganidan keyin Matyuidi raqibi Di Lorencoga qarshi fol ishlatdi.

28. Pyanich markazdan to'pni Dibala tomon uzatdi. Uning oyog'idagi to'pni Meret ushlab oldi.

26. Aleks Sandro o'z qanotidan raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni yo'lladi. Ronaldu esa to'pga eta olmadi.

24. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Ruyning jarimadan yo'llagan zarbasini Buffon qo'riqlayotgan darvozaning ustuni qaytardi!

23. UXXXXX!!! Bentankur o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi. Juda ham xavfli jarima zarbasi!

21. Dibala markazda chiroyli fint ishlatganida raqiblari tomonidan yiqitildi.

6. ZARBAAAAAA!! Ronalduning zarbasini Meret qaytardi!!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика