Italiya Kubogi. “Inter”ga qarshi bugungi uchrashuv oldidan “Napoli”da jiddiy yo'qotish
12 fev 2020 21:33
Yangiliklar


Italiya Kubogi. “Inter”ga qarshi bugungi uchrashuv oldidan “Napoli”da jiddiy yo'qotish
“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali Italiya Kubogining yarim finali doirasida “Inter”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Senegallik himoyachining jarohatdan tuzalganiga ko'p bo'lmadi va u “Lechche”ga qarshi bellashuvda maydonga qaytdi. Neapolliklar ustozi Jennaro Gattuzo esa shogirdining sog'lig'iga xavf solmaslik maqsadida unga dam berishga qaror qildi.
“Neradzurrilar”ga qarshi uchrashuvni esa markaziy himoyada Kostas Manolas va Nikola Maksimovich o'tkazishi kutilmoqda
Eslatib o'tamiz, “Inter” – “Napoli” to'qnashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi. Ushbu bosqich bahslari ikki o'yindan iborat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar