Italiya Kubogi. "Atalanta" - "Yuventus"
19 may 2021 16:20
Yangiliklar
Italiya Kubogi. "Atalanta" - "Yuventus"
Musobaqadagi yo'li
"Atalanta" Italiya Kubogidagi ishtirokini 1/8 final bosqichidan boshlagan, "Kalyari" (3:1). Keyinroq "bergamoliklar" chempionat top-6 vakillari – "Lacio" (3:2) va "Napoli" (3:1)ni taslim qildi.
"Yuventus" ham turnirdagi birinchi uchrashuvini 1/8 finalda o'tkazdi va qiyin bellashuvda qo'shimcha vaqtdagina "Jenoa"ni (3:2) taslim etdi. Keyinroq turinliklar B Seriya vakili SPAL (4:0) va yarim finalda "Inter"ni (2:1) engishdi.
Muhim pallalar
O'yin odatdagidek Rimda "Olimpiko"da emas, Emiliya-Romaniyadagi "Mapei" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinga tomoshabinlar kiritiladi - hozircha 4700.
Atalanta
1. Gasperini uchun birinchi sovrin?
"Atalanta" uchun bo'lajak uchrashuv juda ham muhim, bergamoliklar yaqin yillar ichida birorta sovrin yuta olishmagan (klub uchun yagona sovrin – bu Italiya Kubogi 1962/63-yilgi mavsumda). Omadsiz final tajribasi yaqin o'tmishda ham bo'lgan - 2018/19-yilgi mavsumda mamlakat kubogi finalida "Atalanta" "Lacio"ga imkoniyatni boy bergan (0:2). SHuning uchun ham Bergamo jamoasi uchun bu sovrinni qo'lga kiritish so'nggi yillarda jamoaning ancha kuchli futboli, mehnati mahsuli bo'lib xizmat qilardi. Jan Pero Gasperini uchun kubok faoliyatidagi birinchisi bo'lishi mumkin. Bu hafta jamoa uchun Kubok uchun bellashuv bilan yakunlanmaydi, oldinda chempionatning yakuniy turi va "Atalanta" tarixda ilk bor ikkinchi pog'onani egallashi mumkin.
2. Ruslan Malinovskiy yana "Yuventus"ga qarshi uchrashuv qaxramoni bo'la oladimi?
Yarim himoyachi oxirgi har ikki oyda klubning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Ikkinchi davrada ukrainalik – nafaqat jamoasida, balki chempionatning ham eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib turibdi. A Seriyaning oxirgi 10 uchrashuvida Malinovskiy maydonni kamida bitta samarali harakatni amalga oshirgan. Bu natijasi orqali Ruslan Bergamo klubining tarixidan joy oldi. 12 marta golli uzatma bergan Malinovskiy – A Seriya assistentlari o'rtasida etakchi. SHuningdek, futbolchi hisobida yana sakkizta gol mavjud. "Yuventus" va "Atalanta" finali oldidan ushbu jamoalarning so'nggi o'yini "Atalanta"ning g'alabasi va Ruslanning o'yin so'ngidagi chiroyli goli bilan yakunlanganini qayd etib o'tish lozim.
3. Bergamo ustunligi va "Yuve" "lanatidan qutilish"
Gasperini shogirdlariga tasir qiluvchi yana bir muhim fakt bu Turin vakillari bilan to'qnashuvlardagi noxush ananaga barxam berilganidir. SHu mavsum "Atalanta" "Yuventus"ni chempionat doirasida 20 (!) yilda ilk bor mag'lub etdi! SHubhasiz, bu klub vakillari kayfiyatiga tasir qiladi. "Yuve" ustidan qozonilgan g'alaba quvonchi bir tomon bo'lsa, ikkinchi ustunlik – "Yuventus"ning ECHL zonasidan tashqarida qolib ketish xavfli sababli qo'rquvi hisoblanadi.
Yuventus
1. Kubok Andrea Pirloni qutqaradi-mi?
Katta ehtimol, kubok Andrea Pirlo uchun "Yuventus"dagi oxirgi sovrin bo'lib qolishi mumkin. Prezident Andrea Anelli tajribasiz Pirloni tayinlab tavakkal qildi va bu harakat o'zini oqlamadi. Ko'plab OAV xabarlariga ko'ra, Pirlo mavsums tugashi bilanoq "Yuventus" kubokni qo'lga kiritsa yoki to'rtlikdan joy egallasa ham. SHuning uchun final – murabbiy uchun "Yuventus"ni chiroyliroq tark etish uchun imkoniyat.
2. Kellini va Buffon ilk daqiqalardan. Bu tartibli himoya uchun etarli bo'larmikan?
Tabiiyki, bu uchrashuvni o'tkazib yuboruvchi futbolchilarga etibor qaratish zarur – ular ko'p emas, ammo himoyaning ikki muhim vakili finalni o'tkazib yuboradi. Diskvalifikaciya sabab qanot himoyachisi Aleks Sandro, jarohati sabab markaziy himoyachi Leonardo Bonuchchi jamoasiga yordam bera olmaydi. Ularning o'rnini kim egallashiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Sandro yo'qligini Xuan Kuadrado bildirmaslikka harakat qiladi, markazda esa "keksa sinora"ning "keksa" vakili Jorjio Kellinini ko'ramiz. Turinliklar safidagi so'nggi finalini Janluidji Buffon ham o'tkazadi, avvalroq posbon mavsum oxirida klubni tark etishini malum qilgandi.
Takidlash lozim, ikki tajribali futbolchining maydonga tushirilishi ham himoya mustahkamligini taminlash uchun etarli bo'lmasligi mumkin. "Yuve" himoyasi ayniqsa mavsumning ikkinchi qismida butkul ishonchsiz harakat qilmoqda va muntazam ravishda gol o'tkazib yuboryapti. Barcha turnirlardagi o'yinlarni inobatga olsak, qatorasiga 14 uchrashuvda jamoa kamida bittadan gol qo'yib yuborgan.
3. Ronaldu uchun "Yuventus"dagi oxirgi final?
O'ta muhim uchrashuv oldidan bevosita o'yinga oid faktlar qatorida ommaviy axborot vositalaridagi Krishtianu Ronalduning "Yuventus" ketishi borasidagi xabarlarni qayd etmay iloj yo'q. Hafta avvalida ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalikning barcha avtomobillari Turindagi xonadonidan mashinalarni Lissabon yuk tashish kompaniyasi tashuvchisiga yuklashayotgani aks etgan video tarqaldi. Bazi OAV yozishicha, bu kabi operaciya har yili amalga oshirilishi va bu shunchaki mashinalarni texnik ko'rikdan o'tkazish sababliligini yozmoqda. Ammo aslida nima bo'lsa ham, bu kabi har qanday yangilik klub va futbolchilar o'rtasidagi muhitga tasir o'tkazishi turgan gap. CHunki portugaliyalik – hozirgi "Yuventus"ning asosiy yulduzi. Ronaldu nafaqat mashhurlik bobida, balki "Yuve" safida to'purarligini (29 ta gol) ham esdan chiqarmaslik zarur.
Tarkiblar va taktika
Jan Pero Gasperini tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilinishi kutilmayapti. Tarkib tanlashda unda ortiqcha muammo yuzaga kelmasa kerak. Ukrainalik yarim himoyachi Viktor Kovalenko - jarohatlangan yagona futbolchi va u Redjio-Emiliyaga jamoa bilan yo'l olmagan. Uchrashuv uchun Gasperini odatiy taktikani tanlasa ajab emas – 3-4-2-1. "Atalanta" oldinroqqa chiqarilgan markaziy hujumchi Duvan Sapat va uning ortida Ruslan Malinovskiy hamda Matteo Pessina bilan harakat qilishi ehtimoli yuqori. Himoyada shuningdek jarohatidan forig' bo'lgan Rafael Toloini ko'rsak kerak.
Andrea Pirlo qo'l ostida ham muhim futbolchilarning asosiy qismi "jangga" tayyor. Diskvalifikaciya sabab Aleks Sandro o'yinni o'tkazib yuboradi, jarohat Leonardo Bonuchchiga halaqit qiladi. Tarkib borasida bergamoliklardan farqli o'laroq, Turin jamoasiga savollar ko'proq, ayniqsa himoya markazida: Kellini (favorit) yoki Demiral De Ligt bilan elkama-elka to'p tepadimi. Aleks Sandro yo'qligini inobatga olib, Kuadrado va Danilo qanotlarni egallashi kutilmoqda. Maydon markazida Deyan Kulushevski, Bentankur, Rabo va Kezani ko'ramiz chog'i. Tarkibda kafolatlangan o'rinag ega Krishtianu Ronaldu va u bilan Dibala yoki Morata. Pirlo taktikasi ham odatdagidek – 4-4-2.
So'nggi 10 uchrashuv statistikasi
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar