Italiya grandlari faqat bir shart bilan Sanchesni sotib olishga rozi
17 may 2019 23:55
Yangiliklar


Italiya grandlari faqat bir shart bilan Sanchesni sotib olishga rozi
MYU hujumchisi Aleksis Sanches yana faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Sky Sports muxbiri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, «Yuventus» hamda «Inter» chililik futbolchining agenti Fernando Felichevich bilan muzokaralar o'tkazgan. Sanchesning o'zi ham faoliyatini Italiyada davom ettirishga qarshi emas. U yiliga 12 mln. evroga ega bo'lmoqchi. Biroq, turinliklar va «neradzurrilar»ni uning yillik maoshi tushirilsagina u bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.
SHuningdek, klublar kelishuv shartlarini «qizil iblislar» mutasaddilari bilan ham o'tkazishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli forvard 2006-2011 yillar oralig'ida "Udineze" tarkibida faoliyat olib borgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar