So’nggi yangiliklar

08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  3 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  15 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  4 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1

Italiya futbolida porlayotgan yulduz Yangiliklar

Italiya futbolida porlayotgan yulduz

Kutib oling, "Roma"da Italiya futbolining kelajagi sifatida etirof etilayotgan Nikolo Dzanolo porlab chiqmoqda.

Nikolo Dzanoloni ko'pchilik angliyalik futbol yulduzi Frenk Lempardga qiyoslamoqda.

"Men juda baxtliman. Buni so'z bilan ifodalab berolmayman. Bu kechani hech qachon unutmayman", - deya o'z fikrlarini bildirdi ECHL nimchorak final doirasidagi "Roma" - "Portu" (2:1) o'yindan keyin Nikolo Dzanolo.


Malumot o'rnida:

Ism-sharifi: Nikolo Dzanolo
Klubi: "Roma"
Debyut: 19 sentyabr, 2018 yili "Real"ga qarshi (ECHL UEFA)
Poziciya: hujumkor yarim himoyachi
Fuqaroligi: Italiya
Tug'ilgan sanasi: 1999 yil, 2 iyul.
Oyog'i: chap
Bo'yi: 190


U haqida nima deyishmoqda?

"Nikolo yoshiga nisbatan jismoniy jihatdan juda kuchli. Yuqori texnika sohibi. Dzanolo ajoyib futbolchiga aylanib ulgurgan. Kelajakda esa haqiqiy chempionga aylanish imkoniyati mavjud", - deydi Daniele De Rossi ("Roma" sardori).

"Men uni A Seriyada debyut qilishidan avvalroq Italiya terma jamoasiga chaqirgandim. CHunki uning Italiya yoshlar terma jamoasidagi o'yinlarini ko'rib hayratda qolganman. O'shandayoq menga juda yoqqandi. Nikolo o'yindan-o'yinga kuchayib, futbolchi sifatida shakllanib bormoqda. Dzanolo bu qadar tezda o'sishga erishishini hech kim kutmagandi. Dzanoloda Italiya futbolida ancha yillardan buyon ko'rinmayotgan futbolchiga xos barcha sifatlar mavjud", - deya yosh iqtidor haqidagi fikrlarini bildirdi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini.

"G'aroyib futbolchi, kuch va texnikasi birga mujassamlangan iqtidor egasi. Nikoloda jahon futboli yulduziga aylanish uchun potencial etarli", - dedi "Inter" yoshlari jamoasi murabbiyi Stefan Vekki.

"Dzanolo juda tezlikda o'sishga erishayotgan futbolchi. Muhimi, Nikolo mehnatdan qochmasligi va o'sishda davom etishi lozim. Dzanolo o'z xatolarini ko'rib, undan xulosa chiqarishi kerak. Bazan Nikolo markazda juda erta raqibdan to'pni olishga kirishadi. Bazida xotirjamroq o'ynashi lozim. Umuman olganda esa Nikolodek futbolchiga etiroz qilish nohaqlik", - deydi "Roma" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko.

"Dzanolo - zamonaviy hujumkor yarim himoyachining yaqqol namunasi. Juda katta jismoniy kuch egasi va zargarona chap oyoq sohibi", - deydi Franchesko Totti.



Faoliyatidagi yo'l

Nikolo Dzanoloni o'z vaqtida "Jenoa", "Fiorentina" va "Milan" qo'lga kirita olmagan. "Roma" esa o'tgan yili yozda iqtidor sohibi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi. 2016/17 yilgi mavsumda B Seriya ishtirokchisi "Virtus Entella" safida javlon urgan. Dzanolo haqida birinchi bor 2018 yili sentyabr oyida shovqin ko'tarildi. CHunki Roberto Manchini hali A Seriyada debyut qilmagan 19 yoshli istedod sohibini terma jamoaga taklif etadi. SHundan so'ng barcha italiyaliklar Nikolo haqida gapira boshlashdi. Uning iqtidori Italiya futbolining diqqat markaziga aylandi. Keyinchalik esa Nikolo "Roma"da debyut qilishga muvaffaq bo'ldi. Yana qaerda? ECHL doirasidagi Madridda o'tgan "Real"ga qarshi bellashuvda Dzanolo "Roma" tarkibidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Italiyaning quyi divizion jamoalarida to'p tepgan hujumchi Igor Dzanoloning o'g'li A Seriyadagi ilk golini o'tgan yili dekabrda "Sassuolo" bilan bo'lgan uchrashuvda urdi.  Bunday tezda o'sayotgan futbolchiga xattoki Totti ham hasad qilgan bo'lardi. Keyinchalik Dzanolo Italiyada yana ikkita gol urishni uddaladi. Kuni kecha esa futbolchi Dzanolo haqida butun Evropa bildi.


O'yin uslubi

Dzanolo jismoniy jihatdan juda kuchli, texnik yuqori salohiyat sohibi, ikkala oyog'i bilan ham yaxshi zarba bera oladi. Nikolo juda yosh bo'lishiga qaramasdan haqiqiy universallik namoyish etayotgan zamonaviy xavbek. Nikoloning asosiy nuqtasi - markaziy yarim himoya. Ammo Di Franchesko undan ko'pincha "insayd" rolida, yani hujumchi ortida foydalanmoqda. Yoki hujumkor vinger, yani "Portu" bilan o'yinda bo'lgani singari qanotda o'ynatmoqda.


Kimga o'xshaydi?
Vekkining (Dzanoloning sobiq murabbiyi) so'zlariga ko'ra, Dzanolo "boks-tu-boks" (o'z jarima maydonchasidan raqib jarima maydonchasiga boradigan) rolidagi juda samarador yarim himoyachiga aylanishi mumkin. Nikolo Frenk Lempard va Stiven Jerrard tipidagi futbolchiga o'xshaydi.


Katta futbolga yorib kirgani

Italiyada aytiladigandek, "la prima volta non si scorda mai" (Birinchisi unutulmas bo'ladi). Dzanoloning katta futboldagi birinchi goli aynan unutalmas bo'lgan. Nikolo "Sassuolo" jarima maydonchasiga o'ng qanotdan kiradi va bir himoyachini "qulatadi" hamda to'pni darvozabonni dohda qoldirib uzoq burchakni nishonga oladi. Go'zallik!


Ideal scenariy

Agarda Dzanolo kamida shunday tempda o'ynashda davom etsa, katta ehtimol Roberto Manchini uni terma jamoaga jalb etadi. 2020 yil 12 iyulda Evro-2020ni ochilish uchrashuvi "Olimpiko" stadionida bo'lib o'tadi. To'g'ri, Italiya hali Evropa chempionatiga yo'llanma olgani yo'q. Ammo nazariy jihatdan mazkur sana Dzanolo uchun "skuadra adzurra" safidagi unutilmas kunga aylanishi mumkin. Manchini Nikoloni qanday qadrlashini inobatga oladigan bo'lsak, kvalifikaciya raundida Dzanolo terma jamoaning asosiy futbolchisi bo'lishi mumkin.


"Golni "Roma" muxlislari qarshisida nishonlashni so'z bilan ifodalab bo'lmaydigan yoqimli holat. Umid qilamanki, "Roma" safida hali ko'plab muhim gollarni uraman"

Men hali qattiq mehnat qilishim, mashg'ulotlarda kuchli ter to'kishim lozim. Hammasi hali oldinda.

Menga doimo Kakaning o'yinlari yoqqan. Kaka men uchun haqiqiy o'rnak. Uning darajasiga chiqish uchun hali uzoq ishlashim kerak", - deydi qahramonimiz Nikolo Dzanolo.

Qayd etish kerak, Nikolo Dzanolo joriy mavsumda Italiya A Seriyasida 14 o'yin o'tkazdi va 3ta gol kiritdi. SHuningdek, Nikolo jamoasining 2ta goliga assistentlik qilgan. ECHL nimchorak final doirasidagi "Portu"ga qarshi bahsda futbolchi dubl muallifiga aylandi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика