Italiya futboli afsonasi uzoq davom etgan kasallikdan so'ng vafot etdi
19 sen 07:57
Yangiliklar
Italiya futboli afsonasi uzoq davom etgan kasallikdan so'ng vafot etdi
Kecha 1990 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan italiyalik Salvatore Skillachi vafot etdi.
JCH-1990ning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan italiyalik sobiq futbolchi bir necha yildan buyon yo'g'on ichak saratoni bilan og'rib, kasallik bilan kurashayotgandi. U 59 yoshda vafot etdi.
Eslatib o'tamiz, Skillachi 1997 yilda faoliyatini yakunlagandi. U faoliyati davomida «Yuventus» va «Inter» singari klublar sharafini himoya qilib, 1990 yilgi turnirda Italiya milliy jamoasi safida bronza medaliga ega chiqqandi. Salvatore 6ta gol muallifiga aylangandi.
Fikrlar