Italiya Eron sababli jahon chempionatiga yo'l olishi mumkin
31 mar 2022 23:57
Yangiliklar
Italiya Eron sababli jahon chempionatiga yo'l olishi mumkin
2021 yilgi Evropa chempioni agar Eron terma jamoasi Qatardagi turnirda ishtirok etish huquqidan mahrum etilsa, ularning o'rnini egallashi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, bunga Eron rasmiylari 29 mart kuni JCH-2022 saralashi doirasida Livanga (2:0) qarshi o'yin vaqtida chipta sotib olganiga qaramay, 2000 nafar ayolni stadionda to'sib qo'ygan voqea sabab bo'lgan. Keyinchalik FIFA Eronni ayollarning o'yinlarga tashrif buyurishi taqiqlanishiga yo'l qo'yilmasligi haqida ogohlantirdi.
Italiya terma jamoasi JCH-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin, chunki ularda turnirda ishtirok etmaydiganlar koefficienti eng yuqori bo'lib turibdi.
Malum qilinishicha, Eronning Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022dan chetlatilishi eng ekstremal variant hisoblanadi va bunday bo'lishning ehtimoli past.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo'lib o'tadi. Turnirga qura tashlash marosimi 1 aprel kuni Dohada o'tkaziladi.
Fikrlar