Italiya A seriyasi. “Inter” safarda “Udineze” bilan durang qayd etdi
05 may 2019 08:35
Yangiliklar


Italiya A seriyasi. “Inter” safarda “Udineze” bilan durang qayd etdi
Udinedagi “Dachiya Arena”da kechgan bellashuvda hisob ochilmaydi- 0:0.
Bu “Inter”ning A seriyada qatorasiga uchinchi durang qayd etgan bellashuvi bo'ldi. Ilgariroq Spaletti jamoasi “Roma” (1:1) va “Yuventus” (1:1) bilan ham murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'lgandi. “Udineze”ning g'alabasiz uchrashuvi esa beshtaga etdi. Igor Tudor boshchiligidagi jamoa avvalgi to'rtta uchrashuvning uchtasida mag'lub bo'lib, bittasidan durangga erishgandi.
Milan klubi ayni paytda 63 ochko jamg'arib A seriya turnir jadvalining uchinchi pog'onasida borayotgan bo'lsa, Udineze 34 ochko bilan 17-o'rinni band etgan.
Udinese Serie A . 35-tur 05/05/2019, 00:30
Inter Stadion: Stadio Friuli, 24741 tomoshabin Bosh hakam: Gianluca Rocchi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar